Asarxaddon
Asarxaddon (ossuriycha Ashshu-raxiddin) — Ossuriya podshosi (miloddan avvalgi 680 - 669). Fuqarolar urushi natijasida taxtga oʻtirgan. Savdogarlar, kohinlar tabaqasiga tayangan. Otasi Sinaxerib tomonidan vayron etilgan Bobil shahrini tiklagan, bir necha shaharlarga ilgarigi imtiyozlarini qaytargan, ibodatxonalar foydasiga soliqlar joriy qilgan. 679 yil A. qoʻshinlari kimmeriylar bilan toʻqnashgan. A. Arabistonda (676), Finikiya va Misrda (675 - 671) urushlar olib borgan. Memfis shahrini egallab, Misr podshosi unvonini olgan. 673 - 672 yilda qochoq qullar va erkin fuqarolar yashiringan Shubriya (Urartu chegarasida)ga yurish qilgan. Oʻsha yillarda skiflar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan midiyalik Kashtariti qoʻzgʻoloni natijasida Midiya Ossuriyadan ajrab chiqqan. A. Ossuriya taxtini oʻgʻli Ashshurbanipalga, Bobilni esa boshqa bir oʻgʻli — Shamash-shumukinga vasiyat qilib qoldirgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |