Asbobu-n-nuzul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asbobu-n-nuzul - Qur’on ilmlarining asosiy tarmoqlaridan biri “Asbob” - “sabab” so‘zining ko‘plikdagi Makka va Madina shaharlarida Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilingan oyatlarning “tushirilish” sabablarini o‘rganadi. Qur’on oyatlarining nozil bo‘lishida ikki xil holat kuzatiladi. Birinchidan, biror hodisa ro‘y berishi natijasida Qur’on oyatlari nozil bo‘ladi. Ibn Abbosdan rivoyat qilinishicha, Muhammad (s.a.v.) sahobalarni Safo tepaligiga yig‘ib, “Men sizlarni ro‘parangizda turgan azobdan qo‘rqituvchiman” deydilar. Shunda Abu Lahab, “qo‘ling qursin, bizni shunga chaqirganmiding”, deydi va turib ketadi. Aynan shu hodisa munosabati bilan Qur’onning 111-surasi “Masad” nozil bo‘ladi. Ikkinchidan, Muhammad (s.a.v.)dan biror masala yoki uning hukmi haqida so‘ralganda Qur’on oyatlari nozil bo‘lgan. Abul Hasan Vohidiyning yozishicha, 571 ta oyat bilan bog‘liq sabablar mavjud. Qur’on oyatlari islom aqidalari, hukmlarining jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rni, ahamiyatini belgilash uchun tushirilgan. “Asbobu-n-nuzul” ilmi bilan Ali ibn Maydoniy, Ibn Hajar Asqaloniy, Jaloliddin Suyutiy kabi olimlar shug‘ullanganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 47.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.