Kontent qismiga oʻtish

Aseptika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A.
Koʻcha sharoitidagi operatsiya.

Aseptika (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va septicos — yiringli) — mikrobsizlik holatini taʼminlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan taʼsir etish), mexanik, biologik va b. usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarroxlik operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga quyidagilar kiradi: a) jarrohlik asboblari, bogʻlov materiallari va b.ni sterillash; b) jarroh qoʻlini maxsus usullarda yuvish va tozalash; v) operatsiya va b. tekshirish ishlarini bajarish vaqtida koʻrsatilgan qonun-qoidalarga qatʼiy amal qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish. Aseptika antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki b. jarohatlarni bogʻlash vaqtida ham Aseptika qonunqoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qoʻllanadi[1].

Aseptika va uning turlari


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil