Ashhab
Qiyofa
Ashhab – oqimtir, kulrang tusdagi ot. Adhamning muqobili. Saroy taomiliga koʻra, Ashhab asosan, bayramlar va qabul marosimlarida minilgan. Vosifiyning guvohlik berishicha, Sulton Husayn Boyqaroning Ashhab laqabli oti boʻlgan.
Magar shah ashhabi ollinda payk boʻldi sipehr
Ki, qilmish oʻn kechalik oyni egnida nochax.
(“Gʻaroyib us-sigʻar”, 108-gʻazal)
Alisher Navoiy asarlarida Ashhab soʻzi majoziy maʼnoda kun, quyosh, falak, Buroq maʼnolarini ham bildiradi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |