Kontent qismiga oʻtish

Ashide

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashide
Galoguruh Q1a-L53
Hudud Turk xoqonligi
Hukmdor unvonlari Irkin

Ashide ( xitoycha : 阿史德) — Turk xoqonligining hukmron urugʻlaridan biri. Bu urugʻ Koʻkturk xoqonlari bilan nikoh rishtalarini bogʻlagan urugʻlardan biri edi[1].

Kelib chiqishi haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chjen Qiaoning 1161-yilda yozilgan “Kompleks yozuvlar” asariga koʻra, Ashide urugʻiga kimligi nomaʼlum boʻlgan qadimiy xoqon tomonidan asos solingan[1]. Ashide urugʻining hukmroq qabila bilan nikoh rishtalarini bogʻlaganligi va maʼlum imtiyozlarga ega boʻlganligi Youyang Zazu kitobida eslab oʻtilgan. Ushbu nikoh rishtalari haqida turli afsonalar ham mavjud. Unda Ashina urugʻining ajdodi Shemo Ashide malikasiga oshiq boʻlganligi haqida maʼlumot bor[2].

Ashide va Ashina

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchi S. G. Klyashtorniyning aytishicha, dastlab Ashina va Ashide birgalikda turk va moʻgʻul xalqlari orasida yaxshi maʼlum boʻlgan dual tizimida boʻlgan[3][4]. Ashide boshliqlari Turk xoqonligidagi qabila boshliqlari uchun umumiy boʻlgan Irkin unvoniga ega boʻlishgan. Biroq, ularning alohida mavqei sulola bilan qarindoshlik rishtalari bilan belgilanadi. Ashide teginlaridan biri "qirollik oilasining tegini (shahzodasi)" unvoniga ega boʻlgani ham bejizga emas[5]. 7 — 8-asrlarning oxirigacha Ashide Ashina bilan birga sulolaning asosiy harbiy-siyosiy tayanchi boʻlgan[6].

2015 — 2016-yillarda Xitoyda etnogenom olim Ven Shao-Qing boshchiligidagi Fudan universiteti (Shanxay) tadqiqotida aristokratik turkiy Ashide urug‘ining Y-DNK gaploguruhini aniqlash bo‘yicha testlar o‘tkazildi. Ular Ashide qabilasining subkladesi Q1a-L53 haplogrupiga ega ekanligini aniqladilar[7]

  1. 1,0 1,1 Pulleyblank E. A Sogdian Colony in Inner Mongolia. — T'oung Pao Second Series, Vol. 41, Livr. 4/5 (1952), Р.332.
  2. Youyang Zazu, vol. 1
  3. Абрамзон С.М. Формы родоплеменной организации у кочевников Средней Азии. — ТИЭ. Н. сер. Т. 14. М., 1951. ↑ Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков. М.-Л., 1950 (ТИЭ, н. сер., т. 9).
  4. Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков. М.-Л., 1950 (ТИЭ, н. сер., т. 9).
  5. Liu Mau-tsai. Die chinesischen Nachrichten zur Geschichte der Ost-Türken. 1-2. Weisbaden, 1958. (101/102)
  6. Кляшторный.Г. Древнетюркская надпись на каменном изваянии из Чойрэна//СНВ. Вып. XXII. М.: 1980. С. 90-102
  7. Wen S.-Q., Muratov B.A., Suyunov R.R. The haplogroups of the representatives from ancient Turkic clans - Ashina and Ashide//BEHPS, ISSN 2410-1788, Volume 3, No. 2[1,2], March 2016, P.154-157.