Kontent qismiga oʻtish

Ashina Chechak

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ashina Chechak (yoki Ashina Xotun; milodiy VI—VII asrlar) — islom dini kirib kelishi arafasida Fargʻona malikasi boʻlgan ayol.[1] Kelib chiqishi Ashinlar sulolasiga borib taqaladi. Arablar bosqini davrida Fargʻona vodiysi hukmdori edi. Fargʻona u davrlarda Parkana deb atalgan. Poytaxt Axsikentda (yoki Kosonsoyda) boʻlib, malika mamlakatni shu yerdan turib boshqargan. Shuningdek, bu ayol haqida “Ashina Xotun” nomli xalq dostoni yaratilgani aytiladi.[2]

  1. „Namangan viloyat ensiklopediyasining birinchi jildi nashrdan chiqdi“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  2. Ummatov, Rustamjon. Gʻaznai Namangon. Toshkent: Sharq nashriyoti, 2022 — 44-bet-bet. ISBN 978-9943-8932-1-4.