Ashina Xelu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashina Xelu (7-asr) – Gʻarbiy turk xoqonligi xoqonlaridan biri. 645 yil Tan sulolasi Yaochi tumani (hozirgi Xitoyda-gi Urumchi shahrining shimoli-sharqidagi Fu-kan uyezdi)da A. X. boshchiligida noiblik barpo etgan. Xitoy imperatori Li Shi-min shu yoʻl bilan turkiy qavmlarga oʻz ta’sirini oʻtkazib, ularning mulklarini egallab olmoqchi boʻlgan. Biroq 651 yil A. X. katta kuch toʻplab Tan imperiyasi yerlariga hujum qilgan. Bunga javoban Xitoy A. X.ga qarshi jazo qoʻshini joʻnatgan. Koʻp yillik janglardan soʻnggina Xitoy turkiylarni yenga olgan. A. X.ni hiyla 831b-n Chochga boshlab keltirib, asir olganlar va Tan qoʻshinlari qoʻmondoni qoʻliga topshirganlar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil