Ashirali Mamaturdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashirali Mamaturdiyev— (1899-yil Oʻsh tumani Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1985-yil Oʻsh viloyati SSSR Qirgʻiziston SSR) Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni sohibi va Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi.

Ashirali Mamaturdiyev
Tavalludi 1899-yil
Vafoti 1985-yil
Oʻsh viloyati SSSR Qirgʻiziston SSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashirali Mamaturdiyev 1899-yilda Oʻsh tumani (Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi) Dehqon-Qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Mamaturdiyev A. yoshligida uzoq muddat mardikorlik qilgan . 1925-yilda u koʻmir koniga konchi sifatida kirdi va u yerda 1948-yilgacha ishladi[1].

1948-yildan Qorasuv tumanidagi „ Qizil-Sharq“ kolxozida paxtakor boʻlib ishlagan. 1949-yildan shu kolxozda paxtachilik boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1950-yilda u KPSS aʼzoligiga qabul qilindi.

Ashurali Mamaturdiyev zvenosi 1950-yilda 6 gektar maydonning har gektaridan o‘rtacha 66,3 sentnerdan paxta xomashyosi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 20-martdagi farmoni bilan unga Lenin ordeni, O‘roq va Bolg‘a oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi[2].

U federal ahamiyatga ega shaxsiy nafaqaxoʻr edi, 1985y-ilda 86-yoshida vafot etdi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (20.03.1951)

Lenin ordeni

O‘roq va Bolg‘a oltin medali

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Qirgʻiziston“. Uluttuk ensiklopediyasi: Boshki nashri. Asanov Y. A., B.: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, Bishkek

Borbugulov M., Oʻsh tariyhi ensiklopediyasi, Frunze, 1989-yil. Qoʻl ostida Juraeva B. J. „Qirg‘iziston ravnaqi yo‘lida“ Qirg‘izistonning ko‘zga ko‘ringan o‘zbeklari haqida entsiklopedik nashri, 336 bet, „Rizvon“ O‘sh shahri, 2017-yil .

Yana qanang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiziston Sotsialistik Mehnat Qahramonlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ашурали́ Маматурдиев“.
  2. „Ашурали Маматурдиев“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]