Ashot Sarkisov
Ashot Sarkisov | |
---|---|
Tavalludi |
1924-yil 30-yanvar Toshkent shahri |
Vafoti |
2022-yil 17-oktyabr Moskva |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Taʼlimi | Feliks Dzerjinskiy nomidagi oliy dengiz muhandislik maktabi, Leningrad davlat universiteti |
Mukofotlari | Global energiya mukofoti (2014) |
Ashot Arakelovich Sarkisov (1924-yil 30-yanvar – 2022-yil 17-oktyabr) – sovet va rus olimi, harbiy arbobi. Rossiya fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), vitse-admiral (1978-yil), „Global energiya“ xalqaro energetika mukofoti laureati (2014-yil), fan va texnologiya sohasidagi Rossiya hukumati mukofoti laureati (2013-yil). Akademik A. P. Aleksandrov nomidagi Rossiya fanlar akademiyasi oltin medali bilan taqdirlangan (2007-yil). Dengiz akademiyasining faxriy professori (Sankt-Peterburg), Dengiz muhandislik institutining faxriy professori (Sankt-Peterburg).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ashot Sarkisov 1924-yili 30-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning otasi – arman Arakel Ovanesovich Sarkisov (1881–1959). Onasi – rossiyalik Yevgeniya Bogdanovna (1896–1987[1]).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ashot Sarkisov 1941-yilda Feliks Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz muhandislik maktabiga oʻqishga kirgan. Soʻng, urush yillarida armiyada xizmat qilib, 1945-yilda oʻqishini davom ettiradi. 1948-yildan Leningrad davlat universitetida tahsil olgan.
1950-yildan 1954-yilgacha Boltiq floti kemalarida torpedo qayiqlari brigadasining flagman mexanik muhandisi sifatida xizmat qilgan. 1954-yilda F. E. Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz muhandislik bilim yurti aspiranturasiga oʻqishga kirib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2-darajali kapitan unvoni bilan Sevastopol oliy dengiz muhandislik maktabiga (SODMM) oʻqituvchi etib tayinlanib, u yerda jami 27 yil xizmat qilgan. „Kema atom elektr stansiyalari“ kursi boʻyicha maʼruzalar oʻqigan. 1959-yilda harbiy taʼlim muassasalari tizimidagi yadro reaktorlari va suv osti bugʻ generatorlari birinchi boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi.
1968-yilda texnologiya fanlari doktori unvonini olgan.
1983-yilda A. A. Grechko nomidagi Harbiy dengiz akademiyasining (Leningrad) ilmiy ishlar boʻyicha boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan.
1985-yilda Harbiy dengiz floti Ilmiy-texnik qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1989-yilda dengiz flotidan vitse-admiral sifatida isteʼfoga chiqqan[2][3][4][5][6].
1994-yildan beri Rossiya Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻlib, 2007-yilda Aleksandrov oltin medalini oladi.
Ashot Sarkisov 2022-yil 17-oktyabrda vafot etgan[7]. 2022-yil 20-oktyabrda Moskvadagi Troekurovskiy qabristoniga dafn etilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ru:САРКИСОВ Ашот Аракелович“ (ru). Biograph-Soldat. Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
- ↑ „Sarkisov Ashot Arakelovich“. Russian Academy of Sciences. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
- ↑ „Ashot Arakelovich Sarkisov (Russia)“. Global Energy Prize. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
- ↑ „Sarkisov Ashot A.“ (Russian). Nuclear Safety Institute of the Russian Academy of Sciences. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
- ↑ „Academician Ashot A. Sarkisov was awarded the "Global Energy" Prize“. Nuclear Safety Institute of the Russian Academy of Sciences (2014-yil 27-mart). Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
- ↑ Future of the Nuclear Security Environment in 2015: Proceedings of a Russian-U.S. Workshop. National Academies Press, 2009 — 269-bet. ISBN 9780309177320. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
- ↑ „Официальный сайт РАН“. 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ 20 oktyabrya na Troekurovskom kladbiщe goroda Moskvi bil poxoronen vitse-admiral Ashot Arakelovich SARKISOV
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya)
- Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari
- Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari
- Vatan oldidagi xizmatlari uchun 2-darajali ordeni sohiblari
- Toshkentlik harbiy xizmatchilar
- 2022-yilda vafot etganlar
- 1924-yilda tugʻilganlar