Kontent qismiga oʻtish

Ashrafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashrafiy – 1) 14-asrda Eronda zarb etilgan oltin pul. Uni zarb qildirgan Chuponiy Malik Ashraf (1344–56) sha’niga shunday atalgan. Vazni bir misqoldan ortiq boʻlgan. 17-asrda 4-donakka, ya’ni 3,2 g ga teng bulgan. Arablarda dinor yoki qirsh, Balx va Movarounnahrda tanga deb atalgan; 2) 18– 19-asrlarda Buxoroda zarb etilgan oltin pul. Buxoro xonligining 18–19-asrlardagi agrar munosabatlariga oid ta-rixiy hujjat (Mirza Bade’ devonning "Majma al-arqom" asari)da keltirilgan ma’lumotlarga koʻra, A. 93% sof oltindan bir misqol ogʻirlikda zarb etilgan. Bir A.ning qiymati 19 ta kumush tangaga teng bulgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil