Kontent qismiga oʻtish

Ashur Bozorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashur Bozorov
Tavalludi
Gajdumak qishlogʻi, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati
Fuqaroligi o`zbek
Kasbi muharrir
Unvoni

Ashur Bozorov – Buxoro viloyati, G`ijduvon tumani, Gajdumak qishlogʻida tugʻilgan. Buxorodagi Ko`kaldosh madrasasida taʼlim olgan. Buxorodagi muallimlar tayyorlash kursini (1930) yil bitirgan[1].

Ashur Bozorov 1932 – yilda shahar partiya kommiteti huzuridagi savodsizlikni tugatish shtabida faoliyat koʻrsatgan. Tez orada u partiya safiga qabul qilingan. Buxorodagi „Buxoro proletarlari“ gazetasida ishlaydi. Kolxozlashtirishda faol qatnashadi. Ruxshabot qishlogʻidagi „Maorif“, Moxxixossa qishlogʻidagi Budyoniy kolxozlarini tashkil topishida ishtirok etadi. Buxoro mashina – teraktor stansiyasi (MTC) siyosiy boʻlimi huzuridagi " Bolshevikv " kolxozlari uchun " gazetasiga muharrirlik qiladi. 1934 – yil yanvardan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining qarori bilan Ashur Bozorov Samarqand viloyati Mitan (hozirgi Ishtixon) tumani MTC siyosiy boʻlimining nashri – „Stalin yoʻlidan“ gazetasiga muharrir, 1935 – yil Qashqadaryo viloyatining " Sotsializm yoʻli " gazetasiga muharrir boʻlib xizmat qiladi. Ashur Bozorovning tirishqoqligi ilmga chanqoqligi bilimligi inobatga olinib Buxoroda chiqadigan gazeta oʻzbek va tojik tillarida chiqishi munosabati bilan uni Buxoroga chaqirib olib " Buxoro prolitarlari " gazetasiga muharrir etib tayinlanadi. (1936 – yil) oxirida Ashur Bozorov Toshkentda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi muharrilar kursiga chaqiriladi va gazetachilikni mukammal oʻzlashtirib oladi. Yil oxirida bir guruh muxarrirlar bilan Moskvaga borib, oʻn besh kun davomida " Pravda " gazetasi hamda bosmaxona ishlari bilan tanishadi.

Tergov ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937 – yil iyul – avgustidan butun mamlakatda " Katta terror " mashinasi ishga tushganda Buxoroda ham koʻplab halol, aybi yoq insonlar qatagʻon qozoniga uloqtirilgan. Ulardan biri Ashur Bozorov boʻlgan. Uni avval boshida partiyadan oʻchirishadi, soʻngra hibsga olib qiynoqlar bilan tergov qilishadi. 1937 -yil sentyabrdan 1938 -yil oktyabrgacha viloyat Ichki ishlar Boʻlimi bosh tergovchisi Semyonov boshchiligida soʻroq olib boriladi. Shu vaqtdan eʼtiboran 10 yil davomida unga uydan xat xabar olishga, hatto bolalarini bir lahza koʻrishga ruxsat etilmaydi. Tergovlarda aybga iqror boʻlish qoʻl qoʻyishni talab qiladi. Kecha kunduz qiynab soʻroq qilishlar davom etadi. Yolgʻon guvohlar uyushtiriladi. Masalan, Ruxshabot qishlogʻidagi " Maorif'' jamoa xoʻjaligining raisi, qamalgan Abdurahmon Joʻrayev: Ashur Bozorov bizda vakil boʻlib yurgan vaxtlarida bizning jamoa xoʻjalik va budyoniy nomidagi jamoa xoʻjaligida shoʻrolarga qarshi tashviqot yurgizgan, deb maʼlumot beradi.

Qilmagan jinoyatini, boʻlmagan ayblarni qanday boʻynimga olay degandan soʻng boshimga qattiq narsa bilan urganlaridan asabim shikastlangan ekan, 20 yildan keyin ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqdim. Axiri …qoʻl qoʻyishga majbur boʻldim. Keyin SSSR Oliy Sudi, Harbiy Kollegiyasi hukmi, turma… -Sud vaqtida tergovlar tazyiq ostida olib borilgan. Arzimni tinglamadilar ham,- alam bilan qoʻl siltadim. SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasi raisi Aleksev qoida rasmiyatidan soʻng:_ sudlanuvchi Ashur Bozorov zimmangga qoʻyilgan ayblarga iqrormisan? -dedi. Grajdanin sudya, iqror emasman, aytadigan soʻzlarim:

—Biroq Kallegiya raisi gapimga quloq solmadi. Soqchilar ikki qoʻlimdan tutib olib chiqdilar. Oradan 10 daqiqa oʻtar-oʻtmas qayta olib kirdilar. Hukm oʻqildi. Unda: 10-yil qatagʻon qamoq, 5-yil huquqidan mahrum etilsin, deyilgan edi. [[SSR Oliy Sudi Harbiy]] Kallegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil oktyabrda Toshkentdagi yigʻilishida Bozorov ashur 10- yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Hozirda reabilitatsiya qilingan.

  1. Shamsutdinov. Qatag'on qurbonlari, 2007. 

Shamsutdinov.R. O'zbekistonda sovetlarning qatag'on siyosati, 2012 — 263-bet. Qaraldi: 10-iyul-2023-yil.  [1] Lenin ordeni

  1. ,O`zR PDA,58-fond,79-ro'yxat,252-ish, — 23-25—bet-bet.