Ashurali mahram
Qiyofa
Ashurali mahram (1825, Margʻilon – 1863) – sozanda, xonanda, bastakor, mehtar, ipakdoʻz. Xushovozli-gi bilan Fargʻona vodiysida va Toshkentda mashhur boʻlgan. Dovrugʻi Qoʻqonga yetgach, Xudoyorxon uni oʻz saroyiga keltirgan va yaqin mahrami darajasiga koʻtargan. Saroy hayotidan nafratlangan Ash. M. doʻstlar yordamida Toshkentga qochib, xalqqa xizmat qilishni davom ettirgan.Ash. M. bastalagan maqom yoʻllaridan toʻrttasi (Dugoh-Husayn, Chorgoh, Bayot, Shahnozi-Gulyor) ayniqsa mashhur boʻlgan. Fargʻonada sozlar taqiqlangan paytlarda yashagan Ash. M. "Katta ashula"ning rivojiga sezilarli ta’sir koʻrsatgan. Toshkent va Fargʻona vodiysi xalq san’-atkorlari orasida uning izdoshlari koʻp boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |