Kontent qismiga oʻtish

Ashxobot bog'i (Turkmaniston)

Koordinatalari: 37°56′20″N 58°23′25″E / 37.93889°N 58.39028°E / 37.93889; 58.39028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashxobot parki
Turi Shahar parki
Manzil Ashxobot, Turkmanistan
Created 1887
Holat Har doim ochiq

Ashxobot bogʻi (turkmancha: Aşgabat seýilgähi) Turkmanistonning Ashxobot markazida joylashgan eng qadimgi ommaviy bog'lardan biridir[oydinlashtirilsin]. Kuliyev, Azadi koʻchalari va Maxtumquli, Saparmurod Turkmanboshi prospektlari oraligʻida joylashgan. Bugungi kunda maydoni 7 gektarni tashkil qiladi.

Bogʻ 1887-yilda tashkil etilgan va dastlab „Shahar yozgi bogʻi“ deb atalgan,[1] 1890-yilda Ofitserlar bogʻi sifatida tashkil etilgan, bogʻda Rossiya imperiyasining Zodagonlar yigʻini binosi joylashgan edi. Sovet Ittifoqi davrida Lenin bogʻi deb atalgan va mahalliy aholi tomonidan Birinchi bogʻ deb tanilgan. Turkmaniston mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin bogʻ „Ashxobot“ deb nomlangan. 2014-yilda rekonstruksiyadan soʻng ochilgan.[2][3]

Bogʻda yoshi 100 yil va undan ortiq boʻlgan daraxtlar mavjud.[4] Asosiy xiyobon boʻylab har ikki tomonda turli xil attraksionlar, ayvonlar va pavilonlar joylashgan. Bogʻda dinozavrlarning yirik figuralari oʻrnatilgan. Tashrif buyuruvchilar turli restoranlar, kafelar va koʻchma ovqatlanish shoxobchalarida ovqatlanishlari mumkin. Bogʻda konsertlar oʻtkaziladigan amfiteatr va madaniyat markazi mavjud, bu yerda klassik, xalq va estrada musiqasi konsertlari boʻlib oʻtadi.[5]

37°56′20″N 58°23′25″E / 37.93889°N 58.39028°E / 37.93889; 58.39028

Turkumaniston bog'lar | Turkumaniston ommaviy bog'lari | 1887-yilda Rossiya imperiyasida tashkil etilgan bog'lar