Asidol
Qiyofa
Asidol — Suvda erimaydigan, oʻtkir hidli toʻq jigarrang, moysimon suyuqlik. Neftning ishqoriy qoldiqlarini sulfat kislota bilan parchalab olinadi. Asidol moy asosidagi loklar ishlab chiqarishda erituvchi, emulgator, sovun ishlab chiqarishda oʻsimlik moylari oʻrniga, mato, gazlama va terini boʻyashda insektitsid va fungitsid modda sifatida qoʻllanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)