Asillik darajasi nazorati
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Asillik darajasi nazorati (Probir nazorati) — Oʻzbekiston Respublikasida asillik darajasi nazorati (Probir nazorati) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Asillik darajasini belgilash palatasi: OʻzRda tayyorlanadigan hamda sotish uchun chet ellardan olib kirilayotgan, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash, tekshirish va ularga davlat asillik darajasi tamgʻalarini boshishni taʼminlaydi; Davlat asillik darajasi tamgʻalarining, tayyorlovchilarga tegishli shaxsiy tamgʻalarning izlarini texnik ekspertizadan oʻtkazadi va ular yuzasidan xulosalar beradi; Qimmatbaho metallar bilan ishlash uchun roʻyxatdan oʻtgan guvohnomalar beradi va belgilangan tartibda ulardan mahrum qiladi; Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning qonunda belgilangan asillik darajasiga muvofiqligi yuzasidan davlat nazoratini yuritadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi