Kontent qismiga oʻtish

Asiriy (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asiriy (taxallusi; asl ismi Toshxoʻja oʻgʻli) (1864 – Xoʻjand – 1915/16) – turkiy shoir. Qoʻqonda ma-drasada oʻqigan (1882 – 90). Otasidan toshtaroshlikni oʻrganib, umrining oxi-rigacha shu kasb bilan shugʻullangan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Mum-toz shoirlar, ayniqsa Bedil an’analarini davom ettirgan. She’rlari gʻoyaviy-badiiy yetuk. Javhariy va boshqa zamondoshlari A.ni erksevar, noziqtab, shirinsuxan shoir, "ilm-fan ahlining sha’mi" deb ta’riflagan. A. gʻazal, masnaviy, ruboiy, qita va boshqa janrlarda ijod qilgan. She’rlarida insoniy muhabbatni kuylagan, jaholatni qoralab, ilm-ma’rifatni targʻib etgan.[1]

  1. "Asiriy (shoir)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil