Kontent qismiga oʻtish

Askariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Askariy – oʻrtapishar, mayiz-bop, urugʻsiz, xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga ki-radi. Asl vatani – Eron. Armaniston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarida ekiladi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi yirik, choʻzinchoq, silliq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, shingillari tigʻizligi oʻrtacha. Gʻujumi urugʻsiz, oʻrtacha, och sariq. Poʻsti yupqa, gʻuborli. Eti sershira, mazasi yoqimli. Hosili faol harorat yigʻindisi 2800 – 3000da 120– 130 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 59 – 90 s/ga. Sovuqqa bardoshi past. Ragʻa va un shudring bilan ka-sallanadi. Yangiligida iste’mol etiladi, mayiz solinadi.[1]

  1. "Askariy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil