Aslan Musin
Qiyofa
Aslan Musin | |
---|---|
qozoqcha: Аслан Есболайұлы Мусин | |
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari | |
Mansab davri 2008-yilning 13-oktabr – 2011-yil 21-sentabr | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1954-yil 2-yanvar Bestamaq qishlogʻi, Algʻa tumani, Aqtoʻbe viloyati |
Siyosiy partiyasi | Amanat partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Musina Gulbanu |
Bolalari | Aslanbek Aslanuli Musin |
Otasi | Esbolay |
Taʼlim | T.Rusqilov nomidagi Qozogʻiston iqtisodiyot universiteti |
Kasbi | Iqtisodchi |
Dini | Islom |
Aslan Esbolayuli Musin (1954-yil 2-yanvarda Aqtoʻbe viloyati, Algʻa tumani, Bestamaq qishlogʻida tugʻilgan) — Qozogʻiston Respublikasining davlat va siyosiy arbobi. 2012-yilning kuzidan Qozogʻiston Respublikasi byudjet nazorati boʻyicha hisobot qoʻmitasining raisi etib tayinlangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1954-yilda Aqtoʻbe viloyati, Algʻa tumani, Bestamaq qishlogʻida tugʻilgan. Millati — qozoq. Alimuli qabilasining Kete urug‘idan chiqqan[1].
- 1975-yilda Olmaota xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan[2].
- Institutni tamomlagach, Aqto‘be aholini ro‘yxatga olish bo‘limining Hisob markazida turli lavozimlarda ishlagan.
- 1979-yilning yanvaridan 1991-yilning oktabrgacha Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Aqto‘be viloyat qo‘mitasi instruktori, bo‘lim mudiri, kotibi lavozimlarida ishlagan.
- 1991-1993-yillarda Monopoliyaga qarshi davlat qoʻmitasining Aqtoʻbe viloyat boshqarmasi raisi boʻlgan.
- 1993-1994-yillarda Aqto‘be viloyati hokimligi boshlig‘ining o‘rinbosari, iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
- 1994-1995-yillarda Aqto‘be viloyat iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i.
- 1995-2002-yillarda — Aqtoʻbe viloyati hokimi.
- 2002-2006-yillarda — Atirau viloyati hokimi[3].
- 2006-yil oktabr oyidan Qozogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish vaziri[4].
- 2007-yilning yanvaridan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimida ham ishlab kelgan.
- 2007-yil avgustidan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
- 2007-yil 18-avgustda „Nur Otan“ partiyasi roʻyxati boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisining 4-chaqiriq deputati boʻlgan.
- 2007-yil 2-sentabrda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti 4-chaqiriq Majilisining birinchi sessiyasida u Majilis raisi etib saylangan.
- 2008-yil 13-oktabrda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari[5].
- 2012-yil 21-sentyabrda Aslan Musin Respublika byudjeti ijrosini monitoring qilish boʻyicha hisobot qoʻmitasi raisi etib tayinlandi[6].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ogʻli Aslbek — Qurʼonchi, aqlli monoteistlar diniy harakatining yaratuvchisi va yetakchisi.
2017-yil 23-dekabrdan 24-dekabrga o‘tar kechasi Latviya poytaxti Riga shahrida, Aslbek Musin vafot etgan, ikki oy avval turmush o‘rtog‘i 15-qavat derazasidan tushib ketgan.
Mukofatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2-darajali „Baris“ ordeni (2010)
- 3-darajali „Baris“ ordeni
- Hurmat ordeni
- „Ostonaga 10 yil“ medali
- „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ medali (2011-yil 14-dekabr)
- Doʻstlik ordeni (Rossiya Federatsiyasi, 2004-yil 12-dekabr) — Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
- Beshta medal
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Reshenie o smene B.Riskalieva B.Izmuxambetovim vizivaet voprosi. Ili ne otkrivaetsya li put k neobratimim izmeneniyam v Zapadnom Kazaxstane? 1 chast
- ↑ "Qazaqstan": Ұlttiq ensklopediya/Bas redaktor Ә.Nisanbaev — Almati „Qazaq ensiklopediyasi“ Bas redaksiyasi, 1998 ISBN 5-89800-123-9
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Kazaxstan ot 3 sәuіr 2002 j. № 841 O naznachenii Musina A. Ye. akimom Atirauskoy oblasti
- ↑ A.Ye. Musindі Qazaqstan Respublikasi Ekonomika jәne byudjettіk josparlau ministrі qizmetіne tagʻayindau turali Qazaqstan Respublikasi Prezidentіnің 2006 jilgʻi 4 qazandagʻi № 189 Jarligʻi
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Kazaxstan ot 13 qazan 2008 j. № 671 „O naznachenii Musina A.Ye. Rukovoditelem Administratsii Prezidenta Respubliki Kazaxstan“
- ↑ Aslan Musin Yesep komitetіnің basshisi bolip tagʻayindaldi