Asma
Qiyofa
Asma, Qrim qora uzumi–xalq se-leksiyasi yoʻli bilan yaratilgan oʻrta-pishar hoʻraki uzum navi. Kuban va Krimda oʻstiriladi. Tupi kuchli oʻsadi, bargi yirik, uch boʻlmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, dumaloq yoki choʻziq. Gʻujumi yirik, pillasimon, toʻq binafsha-qora. Poʻsti qalin, eti sershira, hosili faol harorat 3050 – 3300°da 160 – 175 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 80–120 s/ga. Kasalli-701klarga chidami oʻrtacha, sovuqqa bardoshi past. Uzoq saqlash va uzoqqa yuborishga chi-damli. Oʻzbekistonda rayonlashtirilmoqda (1995-yildan).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |