Kontent qismiga oʻtish

Aso-muso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aso-muso, hassa-muso (Abelia corymbosa) – shilvidoshlar oilasining abeliya turkumiga mansub sershox va ser-barg buta. Tanasining poʻsti kulrang, titilgan, ba’zan tanadan qisman ajral-gan. Poyasi olti qirrali. Barglari qisqa bandli, ellipssimon (1,5 – 6 sm), cheti tekis, ba’zilari kungurador. Gullari bir nechtadan (koʻpincha uchtadan) boʻlib, toʻpgulga yigʻilgan; kosacha qaytaqisi (5 – 8 mm kenglikda) toʻrt (ba’zan uch) boʻlakli; toj-bargi oqish, 10–15 mm uzunlikda, changchilari toʻrttadan boʻlib toj naychasining ichida joylashgan; urugʻchisi bitta, urugʻchi ustunchasi nay-chadan bir oz chiqib turadi. Mevasi bir oz choʻziq va yapaloq (5 – 8 mm uzunlik-da), tukli, faqat Oʻrta Osiyo (Tyanshan togʻlari) uchun xos endemik oʻsimlik. A. Kirgʻiztov, Talas, Sharqiy Chatqol, Susa-mir va Fargʻona togʻlari (Moylisoy, Ars-lonbob)ning yongʻoqzor va archazorlarida uchraydi. Yogʻochi qattiq boʻlganidan juda qadrlanadi.[1]

  1. "Aso-muso" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil