Kontent qismiga oʻtish

Aspergillyoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aspergillyoz

Aspergillyoz (Aspergillosis) – Odam va hayvonlarda parazit zamburugʻi(aspergillar) qoʻzgʻatadigan kasallik. Aspergillyozda qaysi aʼzo zararlanganligiga qarab kasallik belgilari turlicha namoyon boʻladi. Masalan, teri Aspergillyozida asosan teri zararlanadi, unda tuguncha, yara va infiltratlar paydo boʻladi. Aspergillyoz bilan asosan parrandalar, qisman sut emizuvchilar kasallanadi. Bu kasallikka parrandalar ichida oʻrdak va gʻoz koʻproq, tovuq, kurka, kaptar, qirgʻovul kamroqchalinadi. Sut emizuvchilardan Aspergillyoz bilan koʻproq quyon kasallanadi. Kasallik nafas orqali zamburugʻ sporalarini ichga yutib yuborish va bu kasallik bilan zararlangan ozuqani isteʼmol qilish natijasida yuqadi. Kasallangan hayvonlar ancha lohas boʻladi, nafas olishi qiyinlashadi, ishtahasi pasayadi, ichi buziladi, ozib ketadi, bir necha kundan keyin oʻladi. Aspergillyozning oldini olish choralari: bino ichida sanitariyagigiyena qoidalariga rioya qilish, ozuqa va toʻshamalarni zamburugʻlardan xoli tutish, inkubatorlarni dezinfeksiya qilish, shamollatish va boshqalar[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil