Kontent qismiga oʻtish

Asqar Xolmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asqar Gʻaniyevich Xolmurodov (1939.10.5, Yakkabogʻ tumani — 1997.16.1, Toshkent) — biotexnolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), biologiya fanlari doktori (1976), professor (1980). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1960), Ukraina Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida a.spirant (1961—64), kichik va katta ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi (1965— 86), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori (1986-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1988—90), vitseprezidenti (1990-yildan). Ilmiy ishlari hayvon organizmi hujayralarida vitaminlar va kofermentlar almashinuviga oid. "Kornik" deb ataladigan biologik preparatni kashf etgan. X. birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. Oliy Majlisning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (1995— 1997).

  • Eksperimentalnaya vitaminologiya (v soavtorstve), Minsk, 1979; Membranniy transport kofermentnix vitaminov i kofermentov (v soavtorstve), Kiyev, 1982.