Asqar pichoqsoz
Asqar pichoqsoz (asli nomi Asqarxoʻja Oysarxoʻja oʻgʻli, 1878 – Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi Qorasuv qishlogʻi – 1964) – pichoqsoz usta. Qorasuv pichoqsozlik maktabining yirik vakili. Pichoq-sozlik hunarini usta Toʻxtasindan oʻrgangan. Qorasuv va Shahrixonda pichoqsozlik qilgan. Asqar pichoqsoz a’lo nav poʻlatdan yupqa, ixcham, keskir, silliq va gʻoyat naqshdor pichoqlar yasagan. Ikkinchi jahon urushi davrida oʻzbek jangchilari uchun qilich va pichoq yasagan. 1948-yildan Qorasuvda tashkil etilgan artelda ishlagan. Ustaning oʻz oʻgʻillari bilan yasagan pichoqlari Andijon, Oʻsh, Oʻzgan, 737Jalolobod va boshqa joylarda "Qorasuv pichogʻi" nomi bilan mashhur. Asqar pichoqsoz ishini oʻgʻli Bakirjon Asqarov va uning shogirdi Akromjon Toshboyevlar davom ettirmoqda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |