Asqarali Akbarov
Asqarali Odamshoyevich Akbarov (1951.2.10, Oʻsh viloyati Yangiyoʻl tumani Karavon qishlogʻi — 12-fevral, 2022, Namangan) — naqqosh, Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). T. Toʻxtaxoʻjayevning shogirdi. R. Yoqubov, J. Hakimov, M. Usmonovlar bilan birga ishlab hunar oʻrgangan. M. Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1995). 1975-yildan Qoʻqon badiiy ishlab chiqarish ustaxonasida naqqoshlar brigadasi boshligʻi, 1982-yildan Namangan badiiy ustaxonasi amaliy sanʼat brigadasi boshligʻi, 1989-yildan Namangan viloyat oʻlkashunoslik muzeyida sanʼat boʻlimi boshligʻi, 1998-yildan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Namangan viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi rahbari. A. ijodida anʼanaviy naqqoshlikni rivojlantirdi, binolar bezagida naqqoshlik bilan ganch va yogʻoch oʻymakorligini uygʻun holda qoʻlladi, unutilib ketgan kundal uslubini tikladi. Kursi, xontaxta, guldon, lagan kabi buyumlarni nafis ranglarda bezaydi. Milliy va zamonaviy binolar bezagida islimiy va girih mujassamotidan keng foydalanadi. Namangan („Paxtalikoʻl“ sanatoriysi, Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi va boshqalar), Toshkent („Moviy gumbazlar“ choyxonasi, Xalqlar doʻstligi saroyi va boshqalar) va boshqa viloyatlarda, xorijda 60 dan ortiq jamoat binolarini bezadi.
12-fevral, 2022-yilda 71 yoshida vafot etdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |