Kontent qismiga oʻtish

Asror Yangiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asror Yangiyev
Tavalludi 1963-yil
Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Asror Abdixamidovich Yangiyev (1963-yil, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Asror Yangiyev 1963-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan[1]. 1980-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining „Gidrotexnika qurulishi“ fakultetini injener-gidrotexnik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Mehnat faoliyatini 1985—1987-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, gidrotexnika inshootlari kafedrasida assistenti, 1987—1991-yillarda Moskva Gidromelioratsiya instituti stajyor-oʻqituvchisi va aspiranti, 1991—2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti „Gidrotexnika inshootlari“ kafedrasi assistenti va dotsenti, 2004—2008-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti „Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari“ kafedrasi dotsenti va „Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish“ fakulteti dekani muovini, 2008—2009-yillarda „Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish“ fakultet dekani lavozimida ishlagan[1]. 2009—2017-yillarda dotsent, 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstruksiyalari“ kafedrasi professori va magistratura boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Oilali, 3 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy faoliyati davomida 250 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan, hammualliflikda 10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalar, monografiyalar, 6 ta foydali model uchun patent va kompyuter dasturlari uchun guvohnomalar, 15 ta tavsiyanomalar chop qilgan[1]. 1991-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Suv xo‘jaligi a’lochisi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.