Kontent qismiga oʻtish

Astrooriyentatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Astrooriyentatsiya (astro… va frans. orientation– Sharqqa tomon yoʻnalish) – uchuvchi apparatni „qoʻzgʻolmas“ yulduzga nisbatan astrodatchik yordamida yoʻnaltirish usuli. Kosmik rasadxonalar, avtomatik sayyoralararo styalarda astrofizik tekshirishlarni bajarishda qoʻllanadi. Masalan, Xabbl kosmik teleskopini tekshirish obyekta (yulduz yoki galaktika)ga yoʻnaltirish xatosi bir burchak sekunddan oshmasligi shart. Teleskop kichik reaktiv harakatlantirgichlar yordamida aniq yoʻnaltiriladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil