Kontent qismiga oʻtish

Astrophysics and Space Science

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Astrophysics and Space Science ("Astronomiya va kosmik fan") — astronomiya, astrofizika hamda kosmik fanlar jurnali. Hamda ushbu jurnal astrobiologiyaning astrofizik jihatlarini, shuningdek astronomiya, astrofizika, kosmik fanlardagi yangi kashfiyotlar, ilmiy maqolalarni yoritib berish maqsadida nashr qilinadigan xalqaro ilmiy jurnal hisoblanadi. Jurnal ikki oyda bir marta ingliz tilida chop etiladi. Astronomiya va kosmik fan jurnali 1968-yilda tashkil etilgan va Springer Science + Business Media tomonidan umumiy hamkorlik asosida nashr etilgan. 2016-yildan 2020-yilgacha professor Elias Brinks va professor Jeremi Mold ushbu ilmiy jurnalda bosh muharrirlar edi. 2020-yildan boshlab yagona bosh muharrir sifatida professor Elias Brinks faoliyat yurita boshladi[1]. Jurnal bosh muharriri sifatida Zdenek Kopal (Manchester universiteti) (1968-1993) va Maykl A. Dopita (Avstraliya Milliy Universiteti) (1994-2015) kabi bir qancha ilm-fan hodimlari faoliyat yuritganlar. Astronomiya va kosmik fan junali nahr qilinishi modeliga ko'ra gibrid (Transformtiv) jurnal hisoblanadi. 2021-yilgi ma'lumotlarga ko'ra jurnal saytida yuklab olishlar soni 124,024 ga teng[1]. Rasmiy saytga tashrif buyuruvchilar soni ham salmoqli qiymatni tashkil etadi.

Abstraktlashtirish va indekslash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilgi ma'lumotlarga ko'ra jurnalning ta'sir omili 1,833 ga teng[2].Besh yillik ta'sir omili 2020-yilgi ma'lumotlarga ko'ra 1,661 ga teng.

Jurnal quyidagi ma'lumotlar bazalarida abstraktlanadi. Hamda ushbu ro'yxatdagilar asosida indekslanadi:

  • Akademik OneFile
  • Akademik qidiruv
  • Astrofizika ma'lumotlar tizimi
  • Kimyoviy referatlar xizmati
  • CSA/ ProQuest
  • Joriy tarkib / Fizika, kimyo va Yer fanlari
  • Statistikaga joriy indeks
  • EBSCO ma'lumotlar bazalari
  • EI/Compendex
  • GeoRef
  • INIS atom indeksi
  • Tekshirish
  • ISIS fan tarixining joriy bibliografiyasi
  • Ilmiy iqtiboslar indeksi
  • Scopus
  • SIMBAD
  • Zentralblatt matematika
  • Google Scholar
  • Japanese Science and Technology Agency (JST)
  • Journal Citation Reports/Science Edition
  • ProQuest Advanced Technologies & Aerospace
  • Database
  • Norwegian Register for Scientific Journals and Series
  • ProQuest-ExLibris Primo
  • ProQuest-ExLibris Summon
  • SCImago
  • TD Net Discovery Service
  • UGC-CARE List (India)
  • Wanfang
  • OCLC WorldCat Discovery Service

Jurnalning elektron ISSN — 1572-946X, chop etishdagi ISSN — 0004-640X[1]. LCCN raqami — sn79018902, OCLC raqami — 37915714.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Jurnalning rasmiy sayti“. Astrophysics and Space Science. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  2. „The evolution of the Science Citation Index“. International mikrobiology. Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.

Jurnalning mualliflik huquqi va ruxsatlari Springer siyosati