Ata Govshudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ata Govshudov
Tavalludi 1903-yil 5-iyul
Ashxobodning Buzmeyer tumani
Vafoti 1953-yil 15-noyabr
Ashxobod
Taʼlimi Sharq mehnatkashlari kommunistik universiteti
Kasbi yozuvchi
Unvoni Turkmaniston xalq yozuvchisi
Otasi Govshut Baili
Onasi Ogulgerek eje

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ata Kaushutov yoki Govshudov (turk. Ata Gowshudov; 1903. 15. iyul, Buzmeyer qishlogʻi (hozirgi Abadan shahri, Turkmanistonning Axal viloyati) — 1953. 15. noyabr, Ashxobod) — turkman sovet yozuvchisi, shoiri, dramaturgi hisoblanadi. Turkman nasri va dramaturgiyasining asoschilaridan biridir. Badavlat dehqon oilasida tugʻilgan. Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetini tamomlagan. Onasi Ogulgerek eje — turkmanlarning taniqli hikoyachisidir. Turkman dostonlari, ertaklarini ilk bor onasidan eshitgan. Otasining ismi Govshut Baili. Ata Kaushutov „Yash kommunist“ gazetasining asoschisi va birinchi muharriridir. Shuningdek, u dramaturgiya yoshlar to‘garagiga asos solgan va uning bitiruvchilari Olti Garliev, Sari Garri kabi Turkmanistonning taniqli madaniyat arboblari edi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ata Govshudov adabiyot va madaniyatga qoʻshgan hissasi uchun 1950-yilda Qizil Bayroq medali bilan taqdirlangan. 1992-yilda, Turkmaniston mustaqillikka erishganidan koʻp oʻtmay, prezident farmoni bilan „Turkmaniston xalq yozuvchisi“ unvoniga sazovor boʻlgan.

1993-yilda Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlangan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1922-yilda u „Kaspiy dengizining narigi tomonidagi front“ pyesasini yozdi.

1925-yildan u „Yosh kommunistlar“ gazetasining muharriri, 1928-1929 yillarda Ashxobod teatr maktabi direktori boʻlib ishlagan.

Ata Govshudov turkman tarixida milliy teatr yaratish va isteʼdodli turkman aktyorlari / aktrisalarini tayyorlash uchun koʻp mehnat qildi. U teatrda drama boʻlimini tashkil qildi.

Ata Govshudov 1928-yilda „Qonli vodiy“ pyesasini yozdi.

1933-yilda „Sovet Turkmanistoni“ gazetasida ishlay boshladi. 1940-yilgacha gazetada uning ocherklari, latifalari va hikoyalari chop etilardi[1].

U „Goʻroʻgʻli“ dostonining turkmancha variantini toʻpladi. A. Govshudov turkman yozuvchilari orasida birinchi boʻlib roman yozgan. Uning „Perman“ romanining qismlari 1939-yilda „Sovet adabiyoti“ jurnalida nashr etilgan. 1989-yilda Nargilich Xojageldiev romanni topib toʻliq nashr etdi. Shunday qilib, 1939-yilda yozilgan roman ellik yildan keyin nashr etilgan.

Govshudov Ikkinchi jahon urushi davrida noyob asarlar yaratdi. Ulardan eng mashhuri — „Mehri va Vepa“ romanidir.

1952-yilda uning „Kopet togʻining etagida“ romani nashr etildi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]