Atabaska (koʻl)
Qiyofa
Atabaska — Kanadaning gʻarbidagi koʻl, Makenzi daryosi sistemasida. Chuq. 60 m gacha, maydoni 7,9 ming km2. Sharqsan gʻarbga tomon oy shaklida choʻzilgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, jan.— pasttekislik. Oktabr oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Koʻlga Atabaska daryosi quyiladi[1]. Undan Qullar daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kemalar qatnaydi. Atabaska hududida uran rudasi konlari topilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
- ↑ Canada Fishing Online, 2011-12-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-02
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Озеро Атабаска (Wayback Machine saytida 2015-09-30 sanasida arxivlangan) на сайте World Lake DataBase
- Озеро Атабаска и песчаные дюны (Wayback Machine saytida 2007-05-17 sanasida arxivlangan)