Atajurt Kazakh Human Rights

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atajurt Kazakh Human Rights (qozoqcha: Атажұрт қазақ адам құқығы , AKHR) ― Qozogʻistondagi eng yirik, inson huquqlarini himoya qilish, mustaqil tashkiloti boʻlib, Xitoydagi qozoqlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan[1][2] va yanvardagi norozilik namoyishlaridan soʻng tashkilot Qozogʻiston hukumati tomonidan jabrlangan fuqarolardan videomurojaatlarni qabul qila boshladi.

Tashkilotning maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻistonda inson huquqlari ogʻir mavzu hisoblanadi, chunki BMTga koʻra, mamlakatda inson huquqlariga amal qilinmaydi. Tashkilot oʻz faoliyatining boshida, faqat Xitoydagi qozoqlarning huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullangan. Ammo 2019-yilda Qozogʻiston hukumati tashkilot shtab-kvartirasini yopib, rahbari „davlat bayrogʻiga zarar yetkazish“[3] moddasi boʻyicha aybdor deb topilgach, Atajurt Kazakh Human Rights tashkiloti, toʻgʻridan-toʻgʻri mamlakatning oʻzida, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni maqsad qilib qoʻygan. Yanvar oyidagi norozilik namoyishlaridan soʻng tashkilot Qozogʻiston hukumatidan jabr koʻrgan fuqarolarning video shikoyatlarini olib, Gʻarb siyosatchilari va huquq himoyachilariga yetkazgan. Tashkilot, shuningdek, odamlarga qonuniy yordam beradi va agar imkoni boʻlsa, advokat bilan ham taʼminlaydi.

Tashkilotning tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda tashkilot rahbari Serikjon Bilash oʻz faoliyatini Urumchi shahrida boshlagan. Yaʼni, u oʻz etnik vataniga kiritilmagan qozoqlarning yozma arizalarini qabul qilgan[4]. Keyinchalik, tashkilot faqat video murojaatlarni qabul qila boshladi, chunki yozma shikoyat yozgan odamlar elchixona bosimidan soʻng oʻzlarining shikoyatlarini rad etishdi, hatto viza ruxsati evaziga tashkilotning oʻziga qarshi ariza yozishdi. 2019-yilda Qozogʻiston hukumati tashkilotga bosim oʻtkaza boshladi va oʻsha yilning yozida yetakchisi Serikjan Bilashni hibsga olgan va shu bilan barcha xorijiy OAVda shov-shuv koʻtargan[5][6]. 2022-yilda tashkilot Olmaota shahridagi Jibek Joli koʻchasi 50-koʻchasida oʻz ofisini qayta ochdi. Ayni paytda tashkiloti Qozogʻistonda inson huquqlarining buzilishini hammaga oshkor qiladi, shuningdek, yanvardagi namoyishlar paytida noqonuniy hibsga olinganlarning huquqlarini himoya qiladi. Tashkilot shikoyatlarni faqat video formatda va faqat Telegrammda qabul qiladi. 2022-yil fevral oyidan boshlab arizani toʻgʻridan-toʻgʻri ofisda berilish mumkin, ammo mamlakat rasmiylari turli sabablarni koʻrsatib, tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazmagan.

Tashkilot rahbarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Serikjon Bilash, asoschisi.
  2. Bekzat Maqsutxonuli, Olmaotadagi bosh qarorgoh rahbari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Китайские лагеря для мусульман как немецкие концлагеря для евреев“ (ru). RFE/RL. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  2. Deutsche Welle (www.dw.com). „Правозащитники добиваются освобождения главы казахской организации "Атажурт" DW 10.03.2019“ (ru-RU). DW.COM. 2022-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  3. „«Власти закрыли мне рот». Серикжан Билаш о преследовании и суде“ (ru). Радио Азаттык. 2022-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  4. „В очереди за казахстанской визой казахи Китая теряют не только время“ (ru). Радио Азаттык. 2022-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  5. „FT: Серикжан Билаш заявил, что вынужденно покинул Казахстан «из-за давления со стороны Китая»“. КМБПЧ - Казахстанское международное бюро по правам человека и соблюдению законности (2020-yil 29-dekabr). 2022-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  6. „Казахстан: арестован борец за права казахов из Синьцзяна Eurasianet“ (en). russian.eurasianet.org. 2022-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.