Kontent qismiga oʻtish

Ataraksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ataraksiya (yun. ataraxia – xo-tirjamlik) – yunon etikasida ruhiy osoyishtalik, xotirjamlikni bildi-ruvchi tushuncha. Demokrit ta’limotida A. hayot tashvishlaridan, oʻlim, qoʻrquv va har qanday ruhiy hayajondan xoli boʻlgan, kishida ehtiroslar ustidan aql hukmronlik qiladigan holatni anglatadi. A.ga oid gʻoyalar keyinchalik Epikurning axloqiy ta’limotida rivoj topdi. Uning fikricha, A. hayotning eng oliy 741ideali boʻlgan donishmand shaxsning ichki va botiniy erkinlik holatidir. U hayot quvonchlaridan lazzatlanishga va huzur qilib orom olishga undaydi. Skeptiklar (mas, Pirron) fikricha, in-son baxti – hayot voqealariga bepar-vo qarash, xotirjam hayot kechirishga oʻrganishdir. Tibbiyotda A. be-morning xotirjam, tinch va bezovta boʻlmasdan dam oladigan holatini ifodalaydi. Shu sababli shifokorlar unga muolajaning ma’lum qismi sifatida ham qaraydilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil