Ataualpa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ataualpa (taxminan 1500-1533.29.8, Kahamarka) – inklar hokimi. Otasi – Uayn Kapak vafotidan (1530) soʻng bi-rodari Uaskar bilan hokimiyat uchun qurolli kurash olib borib taxtni egal-lagan. 1532-yil mamlakatga F. Pisarro rahbarligidagi ispan konkistadorlari kelganlar. Oʻsha yiliyoq A. ispan bosqinchilari tomonidan asir olingan. Uni ulkan tovon evaziga ozod qilishga va’da berishgan. Biroq tovon puli toʻplanib ispanlarga topshirilgach, is-panlar bergan va’dalaridan kechib A.ni "sud" qilib qatl etganlar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil