Kontent qismiga oʻtish

Athanasia Tsoumeleka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Athanasia Tsoumeleka
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Tavallud sanasi 2-yanvar 1982-yil (1982-01-02) (42 yosh)
Preveza, Gretsiya
Sport
Qaysi sport Atletika
Medallar

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Olimpiada o'yinlari

2 Oltin

Afanasia Tsoumeleka (grekcha: Αθανασία Τσουμελέκα , oʻqilishi [athanaˈsia tsumeˈleka]; 1982-yil 2-yanvar Preveze shahri) yunon poygachisi. U 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Athanasia Tsoumeleka 1982-yil 2-yanvarda Gretsiyaning Preveze shaharchasida tugʻilgan

2003-yilgacha Tsoumeleka deyarli mashhurlikka erisha olmagan sportchilardan biri edi va u oʻsha yili Jahon chempionatida yettinchi oʻrinni egallaydi.  Hammani hayratda qoldirgan holda, Athanasia Tsoumeleka oʻz mamlakatida boʻlib oʻtgan 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medali uchun kurashda rossiyalik poygachi Olimpiada Ivanova (kumush medali) va avstraliyalik Jeyn Savilni (bronza medali) ortda qoldiradi. Yakuniy natijaga koʻra u mazkur musobaqada Gretsiya hisobiga bitta oltin medali kirishiga sabab boʻladi.

CERA testidagi ijobiy natija va diskvalifikatsiya qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Afanasia Tsoumeleka 20 kmga yurish bahslarida 9-oʻrinni egalladi. Oʻyinlar tugagandan soʻng, 6-avgust kuni u bergan siydik namunasi CERA uchun yangi testdan oʻtkazilganda eritropoetin moddasiga ijobiy natija berdi[1]. Tsoumeleka protseduraning haqiqiyligiga shubha bildirdi va keyin darhol sportni tark etishini eʼlon qildi[1]. 2009-yil 29-aprelda Tsoumeleka 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari paytida olingan qon namunasidagi testda CERA uchun ijobiy natija bergani eʼlon qilindi[2]. Athanasia Tsoumelekaning „B“ namunasi ham CERA uchun tarzda sinovdan oʻtdi[3]. 2009-yil 18-noyabrda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Athanasia Tsoumelekani 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida doppingdan foydalanishda ayblab, 20-ayollar oʻrtasidagi atletlar musobaqasidan diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi.

2008-yilgi Olimpiada oʻyinlarida 20 kmga yurish musobaqasida Athanasia Tsoumeleka 9-oʻrinni egalladi[4].

  1. 1,0 1,1 „Ex-Olympic champion tests positive for EPO“. ESPN.com. Associated Press (17-yanvar 2009-yil).
  2. Grohmann, Karolos. „Beijing 1,500 gold medallist tests positive“. Reuters (29-aprel 2009-yil).
  3. Wilson, Stephen. „Backup samples positive for 5 Olympians“. Associated Press (8-iyul 2009-yil).
  4. IOC Disciplinary Commission Decision (18 November 2009) „IOC source: IOC sanctions five athletes who competed in BeijingInternational Olympic Committee