Kontent qismiga oʻtish

Atirgul minorasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Atirgul minora
Umumiy maʼlumot
Shahar Dubay
Mamlakat  BAA
Foydalanilishi Mehmonxona
Qurilishi boshlangan 2004-yil
Qurilishi tugagan 2007-yil
Egasi Rotana Hotels (Rotana mehmonxonalari)
Balandligi
Antenna / Shpil 333 m
Eng yuqori qavati 237 m
Texnik holati
Qavatlar soni 72 ta
Binoning ichki maydoni 50 569 kv.m.
Liftlar soni 8 ta
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Khatib & Alami group
Quruvchi Abbco Group
Atirgul minorasi

Atirgul minorasi (inglizcha: Rose Tower, toʻliq nomi Rose Rayhaan by Rotana) 72 qavatli 333 metrli bino boʻlib, BAAning Dubay shahridagi Shayx Zayed yoʻlida joylashgan. 2015-yil holatiga koʻra, u Osiyodagi 42-eng baland bino va dunyodagi 55-eng baland binolardir. Minora dastlab 380 m (1247 fut) balandlikda boʻlishi kerak edi, ammo loyihalashtirilish va quririlish jarayonida balandligi pasaydi. Qurilish 2004-yilda boshlangan va 2006-yil 24-oktabrda qurib bitkazilgan va shpil oʻrnatilgan. Mehmonxona 2008-yil aprel oyidan beri ochiq. Shu bilan birga, rasmiy ochilish faqat 2009-yil 23-dekabrda boʻlib oʻtdi.

Bonyan International Investment Group kompaniyasi ushbu osmonoʻpar bino qurilishiga 180 million AQSh dollar sarmoya kiritgan.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rose Rotana Suites 2008-yil aprel oyida ochilganidan keyin bino 2008-2012-yillarda dunyodagi eng baland mehmonxona boʻlgan. Bino balandligi 321 metr boʻlgan mashhur Burj Al Arabdan balandroq.
  • Atirgul minorasi Dubaydagi spirtli ichimliklar sotishga ruxsat bergan birinchi mehmonxonalardan biridir. Mehmonxonada 24/7 kun ishlaydigan ikkita restoran va kafe mavjud[1].
  1. „Башня Розы… не только самая высокая в мире.“. 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.