Atmosfera frontlari
Atmosfera frontlari – me-teorologik elementlari har xil boʻlgan ikki havo massasini ajratuvchi zonalar. Atmosfera frontlarida meteorologik elementlar gori-zontal yoʻnalishda keskin oʻzgaradi. Yer yuzasiga yaqin qatlamda oʻtish zonasining eni, odatda, 100 km dan oshmaydi. Atmosfera frontlari yer sirtiga nisbatan qiya yoʻnalib, salqin havo zichroq boʻlganligi uchun iliq havo ostiga pona shaklida kiradi, Yerga nis-batan juda yotiq, deyarli gorizontal joy-lashgan. Ajratuvchi zonaning gorizon-tal yoʻnalishdagi kengligi bir necha yuz km boʻlsa, bunday zona front zonasi deb ataladi. Atmosfera frontlari qancha tez harakat qilsa, meteorologik elementlar shuncha keskin oʻzgaradi. Shuning uchun Atmosfera frontlarida kuchli vertikal oqimlarni, turli bulutlar sha-klini, yogʻinlarni, xullas, ob-havoning keskin oʻzgarishlarini kuzatish mumkin. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasidagi ahamiyatiga qarab, Atmosfera frontlarini arktik, qutb havosi orasidagi arktik, qutbiy va tropik hamda ekvatorial havo orasidagi tropik xillarga ajratish mumkin. Ba’zi vaqnlarda keng gorizontal havo mas-salari ichida ikkinchi darajali front ham hosil boʻladi. Front salqin havo tomonga harakatlansa, salqin front deb yuritiladi. Odatda, salqin front iliq frontga qaraganda tezroq harakatlanadi. Shu sababli, ba’zan, salqin front iliq frontga yetib olib, qoʻshilib ketadi. Bunday Atmosfera frontlari okklyuziya fronti deb yuri-tiladi. Iliq havo salqin front boʻylab yuqoriga koʻtarilsa, anafront, pastga qarab yoʻnalsa, katafront deyiladi.Odatda, Oʻrta Osiyoda salqin frontlarning oʻtishi ob-havoning keskin oʻzgarishlari (yomgʻir, qor, haroratning pasayishi, kuchli shamol)ga olib kela-di, Jala, momaqaldiroq va boshqa tingach, salqin front chizigʻidan keyin ob-havo ochilib ketadi. Iliq front oʻtganda esa ob-havoda keskin oʻzgarishlar yuz bermay-di, kamdan-kam hollarda yogʻingarchilik boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |