Kontent qismiga oʻtish

Atmosferadagi kuchli oqim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atmosferadagi kuchli oqim – yuqori troposfera va stratos-fera qatlamlarida deyarli doim gori-zontal yoʻnalishda katta (30 m/s va undan yuqori) tezlik bilan harakatlanadigan havo oqimi. Koʻndalang kesimi 300 – 400 km², qalinligi 6 – 10 km va uzunligi bir necha ming km boʻlishi mumkin, ay-rim hollarda esa yer sharini oʻrab oladi. Atmosferadagi kuchli oqim o.da atmosfera kinetik energiya-sining asosiy qismi toʻplangan. Atmosferadagi kuchli oqim o. oʻqida shamol tezligi 60 – 80 m/s, ba’zi hollarda 100 – 150 m/s va undan katta. Atmosferadagi kuchli oqim o.da tezlikning vertikal gradiyenta har km ga oʻrtacha 5 – 10 m/s boʻlib, gori-zontal gradiyent undan taxminan 100-martacha kichik.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil