Kontent qismiga oʻtish

Ato Ahrorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ato Ahrorov
Tavalludi 3-iyul, 1938-yil
Vafoti 25-may, 2023-yil
Samarqand, Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Tojikiston fanlar akademiyasi
SSSR Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat instituti
Kasbi Kinooperator
Mukofotlari Tojikiston xalq artisti

Ato Ahrorov (1938-yil 3-iyul, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2023-yil 25-may, Samarqand, Oʻzbekiston) – kinooperator, sanʼat fanlari nomzodi, SSSR kinematograflar ittifoqi aʼzosi, SSSR kinematografiyasi aʼlochisi, Tojikiston xalq artisti[1].

Ato Ahrorov 1938-yil 3-iyul kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1955-yil Samarqand davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomlagan. 1960-yil esa Samarqand davlat universitetining tojik tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Ato Ahrorov 1960-yili Dushanbe shahriga koʻchib oʻtgan. Shu yili Ahmad Donish nomidagi tarix instituting sanʼatshunoslik boʻlimida kichik ilmiy xodim sifatida ish faoliyatini boshlagan. U 1960-yildan 1961-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasida tahsil olgan. 1962-yildan 1963-yilgacha Afgʻonistonda xizmat safari bilan boʻlib, u yerda tarjimonlik bilan shugʻullangan. Ato Ahrorov 1963-yildan 1967-yilgacha SSSR Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat institutida aspirantura taʼlim bosqichida tahsil olgan. Oliygohda „1962-1965-yillarda tojik kinolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 1994-yildan 1995-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasining sanʼatshunoslik boʻlimi mudiri lavozimida ishlgan. 1996-yil Samarqandga koʻchib oʻtgan. 1997-yildan 2003-yilgacha Samarqand davlat universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2005-yildan 2007-yilgacha esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialining ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. Ato Ahrorov 2023-yil 25-may kuni Samarqand shahrida vafot etgan[2].

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ato Ahrorov tojik kinolari boʻyicha tadqiqotchi boʻlib, kino va teatr sohalariga oid ilmiy ishlar va maqolalar muallifi hisoblanadi[3]. Shuningdek, „Tojik film“ badiiy kengashining aʼzosi va „Kino olamida“ telekoʻrsatuvi boshlovchisi boʻlgan.