Ato Hamdam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ato Hamdam
Asl ismi Xoʻjayev Ato Hamdamovich
Tavalludi 13-iyun 1948-yil (1948-06-13) (75 yosh)
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Faoliyat turi Yozuvchi, jurnalist va dramaturg, davlat va jamoat arbobi
Ato Hamdam (markazda) Mehmon Baxti va Sharif Komilzoda bilan Eronda, 2006-yil

Ato Hamdam (Xoʻjaev Ato Hamdamovich; 1948-yil 13-iyun, Hisor tumani, Toshbuloq qishlogʻi) — tojik yozuvchisi, jurnalist va dramaturg, davlat va jamoat arbobi. Tojikistonda xizmat koʻrsatgan xodim (1999), Tojikiston xalq yozuvchisi (2022)[1]. Tojikiston teatr arboblari ittihodi (1997), Tojikiston jurnalistlar ittifoqi (1970), Tojikiston yozuvchilar ittifoqi aʼzosi (1979).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ato Hamdam 1948-yil 13-iyunda Tojikiston Respublikasi, Hisor tumani, Toshbuloq qishlogʻida tugʻilgan[2]. 1973-yilda Ato Hamdam Tojikiston Davlat universitetining til va adabiyot fakultetini, 1977-yilda Toshkent shahridagi Oliy partiya maktabining jurnalistika fakultetini tugatgan. Ato Hamdam „Tojikistoni Soveti“ (hozirgi „Jumhuriyat“) gazetasi xodimi (1970-1975), „Komsomoli Tojikiston“ gazetasi muharriri (1977-1988), Tojikiston davlat televideniya va radio qoʻmitasi xodimi (1990-92), Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri (1992- 1995), Tojikiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi (1995-2004), „Adib“ nashriyoti direktori (2004-2009) lavozimlarida ishlagan[2]. 2009-yildan „Er-graf“ nashriyotining bosh muharriri, MDH va Boltiqboʻyi davlatlari tarjimonlar hamda noshirlar uyushmasi hamraisi[3].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojikistonda rus tilida ijod qiluvchi yozuvchi L. Chigrin bilan hammualliflikda tarixiy, ijtimoy va madaniy mavzulardagi „Shohrohi Аbreshim“ (2002), “Saddi Sugʻd“ (2003)[4], „Saddi Xatlon“ (2007), „Ishqi pomirii venet siyagii“ (2007), „Sitorai roʻzi Imomi Аʼzam“ (2009), „Xatoi Temurlang“ romanlarini yozishgan[1]. L. Chigrin bilan birga yozilgan „Ozar az Ustrushan yo Shamsheri Spartak“ romani Kanadada fors tiliga asoslangan arab yozuvida va ingliz tillarida nashr etilgan. Uning asarlari MDH davlatlarining ayrim tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. Ato Hamdam Georgiy Markovning „Moya voennaya pora“ („Аyyomi jangii man“), „Zemlya Ivana Yegoricha“ („Zamini Ivan Yegorovich“) qissalari , Aleksandr Vampilovning „Provintsialniye anekdoty“ („Latifahoi dehot“) pyesasi, Tavfiq Hakimning „Tiri bexato“ hikoyasi, John Galsworthyning „Conscience“ („Vijdon“) hikoyasi, Samuil Alyoshinning „Grajdanskoye delo“ („Kori grajdanii“) pyesasini tojik tiliga tarjima qilgan.

Ato Hamdam „Pisari Vatan“, „Pesh az boron“, „Sabaq“, „Har qissaro anjomest“, „Bo nomi hayot“, „Bori kaj“, „Farzandi yakum“, „Ba istiqboli subh“, „Аjinaho“, „Samar“ kabi pyesalarni yozgan.

Ato Hamdam qalamiga mansub „Samar“ pyesasi 1983-yilda SSSR Madaniyat vazirligining ragʻbatlantiruvchi mukofotiga sazovor boʻlgan, „Safarmaxsum“ komediyasi esa „Parastu-93“ (Dushanbe) tanlovi hamda xalqaro „Navroʻz“ (Ishqobod) tanlovida bosh mukofot — birinchi oʻrinni olgan[1].

Ato Hamdam Tojikiston yoshlari 22, 23, 24-qurultoylari hamda 19-Butunittifoq yoshlari qurultoyi vakili boʻlgan. Adabiyot boʻyicha JIE mukofoti bilan taqdirlangan (1994). 2009-yildan beri Belarus yozuvchilar ittifoqi aʼzosi[3].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Mehr“;
  • „Zarkor“ (I. Nasriddin bilan hammualliflida, 1973);
  • „Xandai baxt„ (1974);
  • „Maʼnii umri“ (1977)[2];
  • „Davomi roh“ (1978);
  • „Dastoni tiloi“ (1982);
  • „Balandi“ (1984);
  • „Rohi dilho“ (1985);
  • „Ba istiqboli subh“ (1987);
  • „Podvig“ (1989);
  • „Pesh az boron“ (1992);
  • „Figʻon“ (2003);
  • „Fikr kardan lozim“ (2005);
  • „Didor“ (2008);
  • „Sahnai zindagi“ (2008);
  • „Jizn prodoljayetsya“ (2009) kabi kitoblari nashr etilgan[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Chand nafar adibon sohibi Joizai davlatii ba nomi Roʻdaki va unvoni iftixorii Navisandai (Shoiri) xalqii Tojikiston gardidand“ (2022-yil 26-avgust). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Parvina Qayumova. „Аto Hamdam – adib, roʻznomanigor, dromnavis, tarjumon“ (2017-yil 15-iyun). 2022-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Rahovard“ (2021-yil 6-dekabr). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  4. Shahlo Niyozova. „Аto Hamdam: sari burida“ (2018-yil 26-iyun). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.