Kontent qismiga oʻtish

Atributsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atributsiya (lot. atributio – nisbat bermoq) – badiiy asar (rasm, haykal va boshqalar)ning asilligini, mualli-fini, yaratilgan joyi, vaqtini aniqlash. San’atshunoslikda asarning uslubi va yaratilish xususiyatlari (material, kom-pozitsiya, ijodkorning oʻziga xos uslubi va hokazo) tahliliga asoslanadi. Dastlab mutaxassislarning tajribaviy bilimi va hissiy xulosalariga asoslangan A. 19-asr oxiridan ilmiy uslubiy taxlil, kim-yoviy va fizik tadqiqotlar (makro- va mikrosuratga olish, rentgenografiya, infraqizil, ultrabinafsha nurlar va boshqalar) natijalariga tayanmoqda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil