Atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish
Qiyofa
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish — tabiiy boyliklarni saqlash va ulardan unumli foydalanishga asoslangan jamiyat va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarning uygʻunligini taʼminlashga qaratilgan davlat va jamiyat tomonidan olib borilayotgan tadbirlar tizimi. Biotexnik, texnologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa tabiatni muhofaza qilish choralari qoʻllanadi. Atrof tabiiy muhit unsurlari — yerda hayotning mavjudligini taʼminlovchi yer, suv, oʻrmon, yer osti suvlari, atmosfera havosi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, yer atrofidagi kosmik boʻshliq va atmosferaning ozon qatlami. Tabiiy ob’yekt — tabiiy landshaft va uning elementlaridan iborat boʻlgan hamda oʻzining tabiiy tuzilishini saqlab qolgan ekologik tizim.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi