Kontent qismiga oʻtish

Atropos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atropos yoki Atropa (qadimgi yunoncha: Ἄτροπος „muqarrar“), shuningdek, Aysa[1][2], uch moira — taqdir maʼbudalarining kattasi (yunon mifologiyasida). Atropos singillari yigirayotgan hayot ipini kesadi. Shu bilan shavqatsiz va muqarrar qismat oʻlim roʻy beradi[3]. Uning sharafiga asteroidlardan biri (273) nomlangan. Atropos asteroidi (nemischa: Atropos ), 1888-yil 8-martda avstriyalik astronom Iogann Palisa tomonidan Vena rasadxonasida kashf etilgan. Aflotun (Platon) taqdir maʼbudalari tasvirlangan „Davlat“ dialogida ularni hozirgi (Clotho), oʻtmish (Lachesis) va kelajak (Atropos) haqida kuylaydigan maʼbudalar sifatida tasvirlaganlan. Atropin zahar moddasi ham uning nomi bilan atalgan.

Boshqa afsonalardagi oʻxshashliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Rim afsonalarida parklar moira, yaʼni taqdir maʼbudalari xususiyatlariga mos ravishda barpo qilingan. Atropa vazifasini bajargan uchinchisi Morta (lotincha: Morta) deb atalgan. Bu maʼbudaning german-skandinaviya (Norse) mifologiyasida ham oʻxshashi boʻlgan. U Skuld deb atalib, Nornlarning uchinchisi boʻlib, kelajakni ifodalagan.

  • „Gʻayritabiiy“ teleserialining 6-mavsumi 17-qismida Moira Atropos Kastielga dunyoni qutqarish uchun yana 50 ming inson jonini qabz qilishiga toʻsqinlik qiladi.
  • Atropos „Kelgusi kun afsonalari“ teleserialining 5-mavsumida asosiy antagonistlardan biri boʻlib, Klotho avvalroq koʻp olam boʻylab tarqalib ketgan, ammo Cheksiz Yerlar inqirozidan keyin oʻsha yerga tushib qolgan taqdir tuvalini yigʻishga harakat qiladi.

Videooʻyinlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

God of War 2 videooʻyinida Atropos Clotho va Lachesis bilan birga bosslardan biri sifatida gavdalanadi.

  1. Софокл, фр.1018b
  2. Алкман, фр.16, 15 Бергк // Примечания А. А. Тахо-Годи в кн. Платон. Собрание сочинений. М., 1990-94. В 4 т. Т. 2. С. 452.
  3. см. Нонн. Деяния Диониса XII 142.
  • Moyri / Losev A. F. // Mifi narodov mira : Ensikl. v 2 t. / gl. red. S. A. Tokarev. — 2-e izd. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1988. — T. 2 : K—Ya. — S. 169.
  • Moyra // Realniy slovar klassicheskix drevnostey / avt.-sost. F. Lyubker ; Pod redaksiey chlenov Obщestva klassicheskoy filologii i pedagogiki F. Gelbke, L. Georgievskogo, F. Zelinskogo, V. Kanskogo, M. Kutorgi i P. Nikitina. — SPb., 1885.
  • N. P. Obnorskiy. Moyri // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1896. — T. XIXa. — S. 612.