Kontent qismiga oʻtish

Atsetat tola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atsetat tola, atsetat ipak – atsetil-sellyulozadan olinadigan sunʼiy tola. Atsetat tola 140 – 150° gacha temperaturaga bardosh beradi, bundan yuqori temperaturada deformatsiyaga uchrab, shaklini oʻzgartiradi. Atsetat tola qovushqoqligi, yumshoqligi, chiroyli-ligi, kimyoviy pishiqligi va quyosh nuri taʼsiriga chidamliligi sababli sanoatda tobora koʻp ishlatilmoqda. Tarkibidagi gidroksil va atsetil guruhlarning nisbiy miqdori bilan farqlanuvchi Atsetat tola lar toʻqimachilik sanoatida koʻplab ishlatiladi. Mas, triatsetat tola asosan texnikada qoʻllanadi, uning elektr tokini oʻtkazmaslik xususiyati barcha sunʼiy va tabiiy tolalarnikidan ustun turadi. Oʻzbekistonda paxta tolasining chiqindisi –momiq asosida Atsetat tola lar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil