Kontent qismiga oʻtish

Atsteklar taqvimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Atsteklar taqvimi – Mesoamerika xalqlari tomonidan qoʻllangan vaqtni oʻlchash tizimi. Bu tizim ilk bor taxminan 3500-yil avval olmeklar tomonidan paydo boʻlgan, keyinchalik markaziy Meksikaning madaniyatlari va xalqlari, jumladan, maya, sapoteklar va atsteklar orasida tarqalgan. Ular vaqtni ilohiy mavjudlik sifatida qabul qilishgan va baxtli, baxtsiz yoki neytral taqdirni oldindan belgilaydi, deb hisoblashgan.

Quyosh toshining nusxasi. Notoʻgʻri „Atstek taqvimi“.

Taqvim ikkita parallel sikldan iborat boʻlgan: 365 kunlik shiupoualli (astek tilida: xiuhpohualli, „yillar hisoboti“ degani) va diniy 260 kunlik tonalpoualli (astek tilida: tonalpohualli, „kunlar hisoboti“ yoki „taqdirlar hisoboti“ degani). Shiupoualli va tonalpoualli har 52 yilda bir marta ustma-ust kelib, „Yangi olov“ deb ataladigan asrni tashkil qiladi. Atsteklar har 52 yillik sikl oxirida dunyo yoʻq qilinishi xavfi bor, deb ishonganlar. Shu sabab, yangi sikl boshlanishi maxsus tantanalar bilan nishonlangan. Yuz „asr“ 5200-yillik davrni tashkil qilardi, bu davr „Quyosh“ deb atalgan. Bu tizimga koʻra, hozirgi paytda biz Terta zilzilalar erasi, quyoshi Tonatiuh boʻlgan beshinchi davrda yashayapmiz.

Atsteklar ikkala taqvimni ham ilohiy kelib chiqishi bor, deb hisoblashgan: birinchisini Ketsalkoatl bilan, ikkinchisini esa astrologiya va xudolar boʻlgan Osho moko va Sipaktonal bilan bogʻlashgan.

Taqvim yil Pleiadlarning quyosh chiqishidan oldin sharqiy ufqda birinchi paydo boʻlishi bilan boshlangan.

Xalq yoki qishloq xoʻjalik taqvimi asosida quyosh yili mavjud. Ushbu taqvimga muvofiq, atsteklar qishloq xoʻjalik sikllari bilan bogʻliq marosimlar va tantana sanalari, ularni davomiyligini aniqlashgan. Taqvim 18 oydan iborat boʻlib, har biri 20 kundan iborat edi. Besh kun bir haftani tashkil qilgan. Yil astronomik yilga mos kelishi uchun unga nemontemi – besh boʻsh kun, qoʻshimcha bir hafta roʻza va parhez kunlari qoʻshilgan.

Kabisa yillari muammosi har toʻrt yilda bitta kunni ikki barobar qilish orqali hal qilinganb. Grigoriy taqvimi bilan aniq korrelatsiyani oʻrnatishning imkoni boʻlmadi, ammo koʻplab mualliflar atstek yilining boshlanishi fevral oyining birinchi kunlariga toʻgʻri kelgan degan fikrga qoʻshiladilar.

Oy nomi Boshqaruvchi xudolar va marosimlar
1. Atlcahualo (suvning to'xtatish) Tlaloc, Chalchiuhtlicue Bolalarni suv xudolariga qurbon qilish
2. Tlacashipehualiztli (odamning terisini shilish) Xipe Totec Jangchilar qurbonligi; qurbonlarning shilingan terisi bilan ruhoniyning raqsi
3. Tosostontli (kichik hushyorlik) Coatlicue, Tlaloc Qurbonlarning terisini ko'mish, bolalarni qurbon qilish
4. Hueytosostli (buyuk hushyorlik) Centeotl, Chicomecacoatl Yangi makkajo'xorini ulug'lash; qiz bolani qurbonlik qilish
5. Toxcatl (qurg'oqchilik) Tezcatlipoca, Huitzilopochtli Xudolarning timsollarini qurbon qilish
6. Etzalqualistli (makkajo'xori va loviya taomlari) Tlaloc Suv xudolarining timsollarini marosim bilan bo'g'ish; tahorat qilish va raqs tushish
7. Tecuiluitontli (Lordlarning kichik bayrami) Huixtocihuatl, Xochipilli Xudolarning timsollarini qurbon qilish; tuz konchilar marosimi
8. Hueytecuihutl (lordlarning buyuk bayrami) Shilonen Yosh makkajo'xori ma'budasi nomiga festival; zodagonlar olomonga sovg'alar va oziq-ovqat tarqatishi
9. Tlaxochimaco (gullarning tug'ilishi) Huitzilopochtli Xudolarning tasvirlari gulchambarlari bilan bezatiladi. Makkajo'xori noni va kurkadan qilingan taomlar tortiladi.
10. Shokotluetsi (meva uzilishi)

Hueymikkayhuitl (o'lganlarning buyuk bayrami)

Xiuhtecuhtli Marosimli raqobat qilish; olov xudolariga qurbonliklar (qurbonlarni yoqish)
11. Ochpanistli (yo'l supurish) Tlazolteotl Uylar va yo'llarni supurish; janglarni simulyatsiya qilish
12. Teotleko (xudolarning qaytishi) Tezcatlipoca Xudolarning yerga qaytishi sharafiga kutib olish marosimlari; marosimiy mastligi, olov qurbonliklari
13. Tepeihuitl (tepaliklar bayrami) Tlaloc Tog' yomg'irlari xudolariga bag'ishlangan marosimlar; inson qurbonligi va marosimiy kannibalizm
14. Kecholli (qimmatbaho tuklar) Mixcoatl-Camaxtli Ro'za tutish va ov qilish; o'lja qurbonligi va marosim bayrami
15. Panquetzalistli (bayroq ko'tarish) Huitzilopochtli Uylar va mevali daraxtlar qog'oz bayroqlar bilan bezatilsh, ommaviy qurbonlik
16. Atemostli (suv tushishi) Tlaloc Suv xudolari sharafiga bayram; bolalar va qullarni qurbon qilish
17. Tititl (tortishish) Ilamatekutli Yomg'ir yog'ishi uchun sehrli marosimlar; ayollarni yig'lash uchun somon qoplari bilan urishadi
18. Iskalli (tirilish) Xiuhtecuhtli Amaranth xudosining haykalini xamirdan yasash; tamales va o'simliklar bilan ziyofat qilish
19. Nemontemi (bo'sh kunlar) Besh kunlik ro'za tutish va marosimlarsiz kunlar

Muqaddas taqvim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq taqvimidan tashqari, atsteklar muqaddas tonalpoualli taqvimini ham ishlatganlar. Bu muqaddas taqvim „kunlar kitobi“ tonalamatlga yozilgan boʻlib, bu kodeks teridan qilingan qogʻozdan iborat boʻlgan. Tonalpouke ruhoniylari undan foydalanib, zodiaklarni hisoblab chiqish va qulay hamda noqulay kunlarni oldindan aytib berishgan. Har bir kunga 1 dan 13 gacha boʻlgan son va yigirmata belgili kunlardan biri ishlatilgan. Yilning har bir kunining oʻziga xos belgisi boʻlgan. Bunday kombinatsiyalar jami 260 ta boʻlib natijada 260 kunlik muqaddas yilni hosil qilgan. Yil 20 haftadan iborat boʻlib, har biri 13 kundan iborat boʻlgan va yangi kun boshlanishida sanaga birlik va yangi belgi qoʻshilgan. Birinchi hafta 1 Timsoh kunidan boshlanib, 13 Qamish kuni bilan yakunlangan. Shundan soʻng sonlar takrorlangan va belgilar tartibda davom etgan: ikkinchi hafta 1 Yoʻlbars kunidan boshlanib, 13 Bosh suyagi kuni bilan yakunlangan va hokazo. Toʻliq 260 kun (13×20) oʻtgach, har ikki tsikl sonlar va belgilar mos kelib, 1 Timsoh kombinatsiyasini takrorlagan.

Har bir belgini biron bir xudo yoki maʼbuda boshqarishi va ularning barchasi dunyo tomonlari bilan bogʻlangan. Oʻn uch kundan iborat guruh tresena (ispancha trece – oʻn uch) deb atalgan. Har bir bunday guruhda oʻz xudosidan biri boshqargan.

Tonalpohualli.
  • Sipaktli – Timsoh
  • Eekatl – Shamol
  • Kalli – Uy
  • Kuetsapallin – Kaltakesak
  • Koatl – Ilon
  • Mikistli – Odam bosh suyagi
  • Masatl – Bugʻu
  • Tochtli – Quyon
  • Atl – Suv
  • Itskintli – It
  • Osomatli – Maymun
  • Malinalli – Oʻt/Oʻsimlik
  • Akatl – Qamish
  • Otselotl – Yoʻlbars
  • Kuautli – Burgut
  • Koskakuautli – Kalxat
  • Ollin – Zilzila
  • Tekpatl – Chiqindi
  • Kiauitl – Yomgʻir
  • Shochitl – Guldasta
  • Presviter Xuan; Antonio Peres; fray Pedro de los Rios (glossi). Meksikanskaya rukopis 385 „Kodeks Telleriano-Remensis“ (s dopolneniyami iz Kodeksa Rios) / Red. i per. S. A. Kuprienko, V. N. Talax. – K.: Vidaves Kuprієnko S. A., 2013. – 317 s. – ISBN 978-617-7085-06-4.
  • Skazaniya o Solnsax. Mifi i istoricheskie legendi naua / Red. i per. S. A. Kuprienko, V. N. Talax.. – K.: Vidaves Kuprієnko S. A., 2014. – 377 s. – ISBN 978-617-7085-11-8.
  • Talax V. N., Kuprienko S. A. Amerika pervonachalnaya. Istochniki po istorii mayya, naua (astekov) i inkov / Red. V. N. Talax, S. A. Kuprienko. – K.: Vidaves Kuprієnko S. A., 2013. – 370 s. – ISBN 978-617-7085-00-2.
  • Caso, Alfonso, Los Calendarios Prehispánicos. México: Universidad Nacional Autónoma de México, 1967 g.
  • Piña Garza, Eduardo, Aritmética del tonalpohualli y del xiuhpohualli. Estudios de cultura Náhuatl, ISSN 00711675, № 30, 1999 g., s. 257—266.
  • León-Portilla, Miguel, Mitos de los orígenes en Mesoamérica (nedostupnaya ssilka s 05-09-2013 [3981 den] – istoriya, kopiya). Arqueología Mexicana, № 56, s. 20-27.