Attuhfatu-z-zakiyatu fillug’otut turkiya
Attuhfatu-z-zakiyatu fillug’otut turkiya (Turkiy tillar haqida noyob tuhfa)asarining muallifi noma’lum. Asar misrda yaratilgan deya taxmin qilinadi. Uning bir qo’lyozmasi ma’lum. Qo’lyozma hozir Istanbulda Validuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda. Kitob “qipchoq tili” gramatikasiga bag’ishlangan. Bu to’g’rida: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki qipchoq tili eng ko’p foydalaniladigan til hisoblanadi. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat bo’lgandagina ko’rsatdim”,- deb yozadi uning muallifi kirish bo’limida.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar uch bo’limdan iborat: kirish, arabcha-turkiy so’zlik, gramatik qoidalar bo’limi. Kirish qismida kitobning yozilish sababi, unda turkiy tilning qay darajada aks etganligi bayon etiladi. So’ng turkiy alifbo va imlo qoidalari xususida ma’lumot beriladi.
Kirishda arab alifbosi negizidagi turkiy yozuvning imlo xususiyatlari to’g’risida ham ma’lumot beriladi. Muallif yozadi: “Bilginki turk tilida shakl yo’q. Shakl yo’qligi uchun bir qancha aniqsizlik va hatolar paydo bo’lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutulish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo’llash usulini qabul qildilar. Ya’ni fatha o’rnida “alif”, kasra o’rnida “yoy”, zamma o’rnida “vov” qo’llay boshladilar. Bunda muallif “turk tilida shakl yo’q” deganda turkiy yozuvda tovushlar tizimidagi “cho’ziqlik” va “qisqalik”ni perish muhim emasligini nazarda tutgan.
So’zlik bo’limida avval arabcha so’zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi berilgan. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so’zning arab tilidagi shakli inobatga olingan. Masalan, ilk hamzali so’zlar bo’limida arab tilida hamza bilan boshlanuvchi so’zlar nazarda tutilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tarixiy leksikografiya. Qosimjon Sodiqov Toshkent- 2013. 28-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |