Kontent qismiga oʻtish

Audiovizual asar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Audiovizual asar — mualliflik huquqi ob’yektlaridan biri boʻlib, bir biri bilan bogʻlangan tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat boʻlgan, tegishli texnika vositalari yordamida koʻrib va eshitib idrok etish uchun moʻljallangan asar. Audiovizual asarni tayyorlovchi shunday asarni tayyorlash tashabbusi va mas’uliyatini oʻz zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.Audiovizual asar yaratish va undan foydalanish uchun mualliflik shartnomasini tuzish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, bu asar mualliflari tomonidan audiovizual asarni tayyorlovchiga takrorlash, tarqatish, prokatga berish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish, kabel orqali yuborish va matnni dublyaj qilish boʻyicha mutlaq huquqlarning oʻtkazilishiga olib keladi. Audiovizual asar nusxalarining prokati uchun haq olish huquqini, mazkur haqning eng kam miqdori, uni toʻlash shartlari va tartibini OʻzR Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.[1]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi