Kontent qismiga oʻtish

Aura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aura (yunoncha: aura uka aka – esish) – tutqanoq talvasasi tutishidan oldingi holat. Turli koʻrinishda sezgilar buzilishi sifatida namoyon boʻladi. Sensor (teri sezgisi) A.sida badanning ayrim joylarida ogʻriq, noxush sezgi, uvishib qolish, bir narsa oʻrmalayotgandek sezgi va hokazo seziladi. Koʻrish A.sida koʻz oldida, turli shakllar va ranglar (mas, qon ran-gi), yongʻin, chaqmoq va boshqa paydo boʻladi. Eshitish Axida quloqqa har xil ovoz, qichqiriq, xushtak, tasir-tusirlar va hokazo eshitiladi. Hid bilish A.sida turli xil noxush hidlar; motor A.sida – kutilma-gan harakatlar; vegetativ A.da – koʻngil aynishi, qusish, yurak urishi, nafas olishning buzilishi, oqarib yoki aksin-cha qizarib ketish kuzatiladi. Koʻpincha turli xil A. birga kechadi. Har bir be-morda A.ning bir xili uchraydi va har safar tutqanoq tu-tishdan oldin aynan shu turi bezovta qiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil