Kontent qismiga oʻtish

Autacoid (tibbiyot)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Autacoidlar yoki "avtakoidlar" biologik molekulalar boʻlib, mahalliy garmonlar kabi taʼsir qiladi. Autacoid taʼsiri qisqa muddatli hamda faqat sintezlangan aʼzo (hujayra)ning yon atrofidagi tuzilmalarga taʼsir koʻrsatadi[1]. Autacoid soʻzi yunoncha "autos" (oʻz) va "acos" (dori) soʻzlaridan kelib chiqqan. Autacoidlarning taʼsiri asosan mahalliy boʻlib, koʻp miqdorda ishlab chiqarilishi va harakatdagi qonga oʻtkazilishi mumkin. Ushbu tartibga soluvchi molekulalar mahalliy darajada ham metabollanadi. Xulosa qilib aytganda, bu birikmalar odatda mahalliy ishlab chiqariladi, mahalliy taʼsir koʻrsatadi va mahalliy darajada metabollanadi. Autakoidlar turli xil biologik taʼsirlarga ega boʻlishi mumkin, jumladan silliq muskullar, bezlar, nervlar, trombotsitlar va boshqa toʻqimalarning faoliyatini boshqarishda qatnashadi. Baʼzi autacoidlar, asosan, silliq muskullar kabi oʻziga xos toʻqimalarga taʼsiri bilan tavsiflanadi[2]. Tomirlarning silliq muskullariga ikki xil taʼsir qiluvchi: vazokonstriktor va vazodilatator autacoidlar mavjud. Vazodilatator autacoidlar jismoniy mashqlar paytida chiqariladi. Ularning asosiy taʼsiri terida koʻrinadi, ular issiqlik ajralishini osonlashtiradi. Bu moddalar parakrin taʼsirga ega. Baʼzi keng tarqalgan autacoidlarga: eicosanoid, angiotenzin, neyrotenzin, NO (azot oksidi), kininlar, gistamin, serotonin, endotelinlar misol boʻladi. 2015-yilda autacoidlarning yangi taʼrifi taklif qilindi, bu esa autacoid tibbiyotni yanada aniqroq taʼriflashga yordam beradi: "Autacoidlar mahalliy ishlab chiqarilgan modulyatsiya qiluvchi omillar boʻlib, mahalliy darajada hujayralar va / yoki toʻqimalarning funksiyasiga taʼsir qiladi, ular talab boʻyicha ishlab chiqariladi, bir xil hujayralar va/yoki toʻqimalarda metabollanadi”[3].

Ishtirok etadi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Yalligʻlanish

2. Allergik reaksiyalar

3. Anafilaktik reaksiyalar

4. Neyrotransmissiya

5. Oshqozon kislotasi sekretsiyasi

6. Neyroendokrin boshqarish

Markaziy asab tizimida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Ishtahaning pasayishi

3. Chanqashni tartibga solish

4. Haroratni tartibga solish

5. Sekretsiya

6. Qon bosimini nazorat qilish

7. Ogʻriqni his qilish.

1) Dekarboksillangan aminokislotalar a) Gistamin b) Serotonin

2) Polipeptid a) Angiotenzin b) Plazmakinin c) Vazopressin d) Vazoaktiv ichak polipeptid e) P moddasi

3) Eicosanoidlar a)  Leykotrienlar b) Tromboksanlar c) Prostaglandinlar

Garmondan farqi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Autacoidlar - organizm maʼlum qismlaridan vaqti-vaqti bilan chiqariladi, qisqa muddatli taʼsirga ega va faqat yon atrofdagi tuzilmalarga taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli ular mahalliy garmonlar yoki autogarmonlar deyilishi mumkin.

  1. Franklin A. Ahrens (1 October 1996). Pharmacology. Wiley-Blackwell. pp. 45–. ISBN 978-0-683-00085-6. Retrieved 25 November 2010.
  2. Autacoids at the US National Library of Medicine Medical Subject Headings (MeSH)
  3. Keppel Hesselink, JM (2015). "The terms 'autacoid', 'hormone' and 'chalone' and how they have shifted with time". Autonomic and Autacoid Pharmacology. 35 (4): 51–8. doi:10.1111/aap.12037. PMID 27028114.
  4. 4,0 4,1 https://www.researchgate.net/publication/335961135_Autocoids_histamine_and_antihistaminic_agents