Kontent qismiga oʻtish

Autas jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Autas jangi
Sanalar 630-yil, dekabr
Urush yeri Autas
Natija Musulmonlar gʻalaba qozonishgan
Qoʻmondonlar
Muhammad
Ali ibn Abu Tolib
Abu Muso al-Ashʼari
Nomaʼlum
Kuchlar
5 000 Nomaʼlum

Autas jangi (arabcha: سرية أوطاس)[1] – musulmon kuchlari ishtirok etgan ilk jang. 630-yil Hunayn jangidan keyin, Toif qamalidan biroz avval Autasda sodir boʻlgan. Muhammad Autasga qabilalar ittifoqiga qarshi 12 000 nafar jangchi bilan yurish qilish uchun kelganida Ularga qarshi pistirma qoʻyilgan va raqib tomon musulmonlarga qarata oʻq yogʻdirgan[2]. Biroq shunga qaramay, ushbu jangda musulmonlar gʻalaba qozonishgan.

Muhammadga dushman boʻlgan togʻ qabilalari unga hujum qilish uchun ittifoq tuzganlar.

Ittifoq Saqiflar, Havozinlar, Joshimiylar, Saadiylar va boshqa bir qancha togʻlik qabilalardan iborat edi. Islom anʼanalariga koʻra, Muhammadning bolaligi Banu Saʼd vodiysida oʻtgan va u yerda farishta tomonidan poklangan[3].

Saqiflar Allohga sigʻinadigan mushriklar edi. Ular Toifning mahsuldor hududini nazorat qilganlar, shuningdek, Muhammad Islomni birinchi marta targʻib qilayotgan paytda Toifda uni toshboʻron qilib, jamoat maydonidan quvib chiqargan qabila edi.

Muhammad 12 000 kishi bilan Autasga boradi. Musulmon qoʻshini Hunayn vodiysidan oʻtayotganda bir guruh dushman qabilalar ularni oʻqqa tutadi.

Kutilmagan hujumdan vahimaga tushgan jangchilarning deyarli barchasi qochib ketadi. Muhammadning yonida esa faqatgina toʻqqiz kishi qoladi. Biroz vaqt oʻtgach, musulmon jangchilari yana qayta toʻplanib, Muhammadning atrofida jam boʻlishadi. Keyin ular Autasga yurish qilishadi, toʻqnashuvdan soʻng ittifoqchi qabilalar magʻlubiyatga uchraydi va musulmonlar katta miqdordagi urush oʻljalarini qoʻlga kiritadilar[1][4].

  1. 1,0 1,1 Ashraf, Shahid (15 June 2005), Encyclopaedia Of Holy Prophet And Companion (Set Of 15 Vols.), Anmol Publications Pvt Ltd., 31-bet, ISBN 978-81-261-1940-0 Page 31 in which volume?
  2. „Victory“.
  3. Irving, Washington (February 21, 2008), Lives of Mahomet and his successors, Kessinger Publishing, LLC, 111–113-bet, ISBN 978-0548883037. Note: A Full version of this book is available free on Google books
  4. „witness-pioneer.org“. www.witness-pioneer.org. 2010-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.