Autoinfeksiya
Qiyofa
Autoinfeksiya (auto… va infeksiya) – organizmdagi mavjud mikroorganizmlar taʼsirida kasallik paydo boʻlishi. Odam organizmida oddiy sharoitda kasallik qoʻzgʻatmaydigan va shartli patogen mikroblar deb ataladigan turli mikroorganizmlar uchraydi. Qulay sharoitda (organizmning himoya kuchlari kamayganda) ana shu mikroorganizmlar jonlanib, kasallik paydo qiladi. Antibiotiklarni bemavrid va betartib qoʻllash oqibatida ham Autoinfeksiya rivojlanishi kuzatiladi. Autoinfeksiyani odamning terisi va shilliq qavatlarida yashaydigan stafilokokk, ichak tayoqchasi va turli zamburugʻlar qoʻzgʻatadi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |