Kontent qismiga oʻtish

Avar xoqonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avar xoqonligi – Pannoniya (hozirgi Vengriya, Yugoslaviya va Avstriya hududining bir qismi)dagi avarlarning davlat birlashmasi (6-asr oʻrtasi – 8-asr oxiri). Gʻarbiy turk xoqonligining aso-sini tashkil etgan, boshida avarlar tur-gan yirik kabilalar uyushmasi Oʻrta Osi-yodan Kaspiy boʻyining gʻarbidagi dashtlarga, soʻngra shimoliy Qora dengiz boʻylari, Dunay boʻyi va Bolqon yarim orol ga bostirib kirganlar (6-asr oʻrtasi). 6-asr 50–60 yillarida avarlar savirlar, antlar, gepidlar va boshqa yevropalik qabilalar istiqomat qiladigan yerlarni vayron qilganlar. Shu yurishlar natijasida Pannoniyada Avar xoqonligi barpo etilgan. Davlatni yirik sar-karda Boyonxon boshqargan. Yashil rangli bayroqqa ega boʻlgan, bayroq oʻrtasida orqaga qarab oʻq-yoy otayotgan kishi otda chopib ketayotgan holatda tasvirlangan. Mahmud Koshgʻariy bu holatni Iskan-darning Turonni bosib olayotgan davridagi turkiy qavmlarga nisbat bergan. Avar xoqonligi slavyanlar, franklar, langobardlar, gruzinlar, shuningdek Vizantiyaga mutta-sil hujumlar qilib turgan. 7-asr boshida Avar xoqonligining harbiy quvvati zaiflashgan, oʻzaro nizolar avj olgan. 7-asr oʻrtasida avarlar shimoliy Qora dengiz boʻylaridan siqib chiqarilgan. Dunay boʻylarida 680 yil Birinchi Bulgʻor podsholigi barpo eti-lishi bilan Pannoniyadagi Avar xoqonligi tasarrufidagi yerlar hududi qisqargan. 8-asr 90-yillarida Avar xoqonligi Buyuk Karya boshchiligidagi franklar tomonidan uzil-kesil tugatil-gan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil